145
Qorishmani joylashda qulaylik tug‘dirish uchun unga o‘rnatilgan nasadkaga mashina moyi
yoki solidol suriladi. Qorishma solishga tayyorlangan qolip va nasadka
titratgich vibratorga
mahkam o‘rnatiladi. Titratgich konstruksiyasi har xil bo‘lsada, ammo ularning tik yo‘nalish
bo‘yicha amplitudasi 0,35mm, titrash davri esa 3000titr/min bo‘lishi kerak.
Titratgich ichiga tushirmasdan oldin qolipning uchchala ko‘zi 1sm aniqlikda sement
qorishmasi bilan to‘lg‘aziladi, keyin avvalgi 2min davomida qorishma solib turiladi va qolip
3min titratiladi. Qolip va unga o‘rnatilgan nasadka titratgichdan olinadi va ho‘llangan pichoq
bilan namuna sirti qolip qirrasi bo‘ylab tekislanadi, so‘ng har bir namuna bo‘yoq bilan
nomerlanadi, namuna qolip bilan birgalikda gidravlik qopqoqli vannaga joylashtiriladi va unda
24±2soat saqlanadi. Sement namuna qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan
holda suvli vannaga oralari 10-15mm masofada teriladi. Namuna suvda 27sutka saqlanadi.
Idishdagi suvning hajmi namuna hajmidan 4 marta qo‘p bo‘lishi kerak. Bundan tashqari suvning
harorati xona haroratidek bo‘lishi, tarkibida tuz, ishqor yoki kislota bo‘lmasligi kerak. Namuna
suvda qotish muddati o‘tgandan keyin ular quruq latta bilan artiladi va 10minutdan so‘ng
sinaladi.
Egilishga mustahkamlikni o‘rtacha arifmetik hisoblaganimizda sinov ko‘rsatgan 3
natijaning 2ta ko‘proq ko‘rsatkichi olinadi.Namunaning egilishga sinagandan keyin 6 yarimtalik
namuna olinadi, ular har biri alohida sinab sementning siqilishga
mustahkamlik chegarasi
aniqlanadi. Buning uchun gidravlik pressning quyi 3 va yuqori 1 tagli plita orasiga o‘rnatilgan
po‘lat plastinka ustiga namuna qo‘yiladi(rasm-10).
Po‘lat plastinka bir tomon rahi chiqqan bo‘ladi. Namuna o‘rnatilganda uning tekis qirralari
plastinka rahiga tegib turishi, hamda namuna tushadigan kuch qorishmaning qolipga joylashish
qatlami parallel bo‘lishi lozim. Namuna berilgan kuchning tezligi sekundiga 20±5kg/sm2sek
oshmasligi kerak. Kuchning ortishi natijasida namuna buziladi va shu vaqtda manometr
ko‘rsatgan bosim jadvalga yoziladi. Namuna buzuvchi kuch R ning qiymati manometrdagi
ko‘rsatkichni gidravlik press va nasos porshenlarining yuzalarini nisbatiga bo‘lib aniqlanadi.
Siqilishga mustahkamlik chegarasi buzuvchi kuch-R plastinka yuzasi G‘ga bo‘lib aniqlanadi.
5.2-rasm. Yarimtali tayoqcha namunani siqilishga sinash:
1 - gidravlik pressning yuqori tayanchi, 2 - tayoqchani
egilishga sinagandan qolgan
yarimtali namuna, 3 - pressning quyi tayanchi, 4 - plastinkalar
5.3-rasm. Yarimtalik tayoqcha namunani siqilishga
sinashda ishlatiladigan pulat plastinka
Sement markasi bilan uning mustahkamlik chegarasi orasidagi bog‘lanish
5.1-jadval
Siqilishdagi
mustahkamlik
Sement markalari
300
400
500
600
28 kun dan keyin egilishdagi mustahkamlik
chegarasi, MPa dan ko‘p
45
55
60
65
146
28 kundan keyin siqilishdagi mustahkamlik
chegarasi, MPa dan ko‘p
300
400
500
600
Xulosaga
portlandsementlarni
O‘zRST
shartlariga
ko‘ra
sinab,
aniqlangan
natijalar(markalar)ni 4.12-jadvalda keltirilgan qiymatlarga taqqoslash mumkin.
Dostları ilə paylaş: