155
“Bog’lovchi moddalar” fani bo’yicha mustaqil ishlar ko’proq kurs ishi(loyixasi)
chizmalari va izox xati(referatlar) qo’rinishida bo’lib kelmoqda. Kurs ishi(loyixasi) va uning
tushintirish xatlari talabalar ilmiy ishlarining birinchi shaklidir. Тalaba tadqiqot faoliyatiga jalb
qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, statistik va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va
taxlil qilish ko’nikmalariga ega bo’ladi, nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va x. k.
Тalaba auditoriya oldida mustaqil ishini yoki kurs ishi(loyixasi)ni
ximoya qilishga,
yoqlashga tayyorlanishi kerak, “Bog’lovchi moddalar” fanini o’rganishda bu muxim axamiyatga
ega.
Referat, kurs ish(loyixa)larini bajarish
- bu talabalar mustaqil ishlarining samarali
shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan izox xati mavzulari bo’yicha unda
yoritiladigan masalalar mazmunini
oldindan rejalashtirish, izox xatini tayyorlash va kurs
ishi(loyixasi)ni bajarishning barcha bosqichlarida kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-
uslubiy yordami va maslaxati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi
tomonidan talabalarning kurs(loyixa) ishlariga raxbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali
amalga oshirilganligi va ularga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, xal
qiluvchi axamiyatga ega. Тopshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini, ilmiy qiziqishlari
va bilim darajasini xisobga olgan xolda berilishi juda muxim.
Dostları ilə paylaş: