154
fanning ayrim mavzularini yangi o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;
amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib borish;
belgilangan mavzular bo’yicha referat tayyorlash;
Sanoat va fuqaro binolari va qurilishga oid O’zbekiston Resublikasi
qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari xamda boshqa me’yoriy xujjatlarini o’rganish
va konspektlashtirish;
testlar yechish;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo’yicha keyslar yechish;
munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish;
talabalarning ilmiy jamiyatlari va to’garaklarida ishtirok etish;
ko’rgazmali vositalar tayyorlash;
kurs ishi (loyixalari)ni bajarish;
xisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza matnlarini tayyorlash;
“talaba-o’qituvchi-kutubxona” kunida fan bo’yicha yangi o’quv adabiyotlari
sharxini o’qituvchi bilan xamkorlikda tayyorlash;
axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va
statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;
belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida
taqdimot materiallari tayyorlash;
talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot
texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan xolda mustaqil o’qish jarayonlarida
ishtirok etish;
fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;
kafedralar va fakultetlarning ilmiy xamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va
boshqalar.
Тalabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga
bo’ysundirilganki, butun o’quv jarayoni to’laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va
tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish
imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan
va foydalanmasdan turib xal qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib
o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: