2. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Ushbu dastur Bog’lovchi moddalarni talabalarning olgan nazariy va amaliy bilimlari
asosida pardozlash ishlarida quruq usulni qo‘llash jarayonida ularning tarkibi, xossalari va
xususiyatlarini, ishlab chiqarish texnologiyasiga uslubiy yondashuv hamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
“Yig’ma temirbeton konstruksiyalari uchun bog’lovchi moddalar” fani umumkasbiy
fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib 3 kursda o‘qitish maqsadga muvofiq. Mazkur fan
boshqa fanlarning nazariy va uslubiy tomonlarini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi
fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv fanning maqsad va vazifalari “Yig’ma temirbeton konstruksiyalari uchun bog’lovchi moddalar” fanning asosiy maqsadi
– talabalarda bog‘lovchi moddalarning turlari, tarkibi, xossalari, bog‘lovchi moddalarga
qo‘yiladigan talablar, bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish texnologiyasi, bog‘lovchi
moddalar xossalarini tahlil qilish, bog‘lovchi moddalar texnologiyasini o‘rganishi bo‘yicha
nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga:
-
bog‘lovchi moddalarni rivojlanish tendensiyasi;
-
xom-ashyolar tarkibini tanlash;
-
bog‘lovchi moddalarning xossalarini taxlil qilish;
-
bog‘lovchi moddalardan foydalanish;
-
bog‘lovchi moddalarning ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganish
bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar “Yig’ma temirbeton konstruksiyalari uchun bog’lovchi moddalar” o’quv fanini
o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-
bog’lovchi moddalarning tarkibi, xossalari, turlari, fizik-kimyoviy tasniflari, xom ashyolar
va ularga qo’yiladigan talablarni; xom ashyo turlari; xom ashyoning fizik-ximik xususiyatlari
tahlilini; tayyor mahsulot va buyumlarning xossalarini tekshirish usullarini
bilishi kerak; -
talaba bog’lovchi moddalar xom ashyosi va xususiyatini, bog’lovchi moddalarning
turkumini, noorganik va organik moddalarning turlarini, ularning tasnifini o’rganish; qurilish
164
materiallarini tadqiq etishda, uskunalar asosida materiallarning mineralogik tarkibini; qurilish
materiallari va konstruksiyalarini sifatini; mustahkamlik xossalarini tekshirish