Nazorat uchun savollar:
1.Yarim molekula suvli gipsning modifikatsiyalari .
2. Qurilish gipsning ishlab chiqarish uchun xom ashyo turlari.
3. Xavoda qotuvchi gipsning turlari.
4.Qurilish gips ishlab chiqarish usullari.
5.Avtoklavlarda gips ishlab chiqarish texnologiyasi.
6.Qurilish gipsning kuydirish jarayoni.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari
:
kompyuter texnologiyalari, laboratoriya
jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar);
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari:
-
Aqliy hujum, klaster,
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:
180
-
Ko’rgazmali qurol
-
Proyektor
-
Slayd
-
Tarqatma material
4-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu:
Gips va angidrit bog‘lovchi moddalar
Tabbiy gips toshini (CaSO
4
*2H
2
O), 140-170
0
C harorat oralig‘ida pishirib, talqon qilib
tayyorlanadigan bog‘lovchilarga GIPS li bog‘lovchilar deyiladi.
Gips toshining nazariy kimyoviy tarkibi:
CaO — 32,56%
CO
3
— 46,51%,
H
2
0 — 20,93%.
Gipsli bog‘lovchilarning sifati birinchi navbatda gips toshining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kondagi toshning kimyoviy tarkibi nazariy tarkibga qanchalik yaqin bo‘lsa, ishlab chiqariladigan
maxsulot sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Xom-ashyolarning kimyoviy tarkibiga axamiyat bersak, 1-konning kimyoviy tarkibida
gips toshi ( CaSO
4
*H
2
O)- 77%ni, 2-konniki -53,08%ni, isfara konidagi xom-ashyoda- 83% ni
tashkil etadi. Konlardan qazib olinayotgan xom-ashyolardagi gips toshi miqdoriga qarab
nisbatan sifatli maxsulot isfara konidan ( CaSO
4
*H
2
O)-83%, keyingisi 1-Temiryazov 77% va
2-temiryazov 53,08% konlardan olingan xom-ashyolardan olinishi mumkin ekanligi ko‘rinib
turibdi.
Sof, toza gips toshini 130-180
0
C haroratda pishirganimizda quyidagi tenglik asosida
gipsli bog‘lovchi hosil bo‘ladi.
CaSO
4
*2H
2
O + t =CaSO
4
*0,5H
2
O+1,5H
2
O
Bizning misollarimizda kondan olingan xom-ashyo tarkibida qo‘shimchalar ko‘pligi
sababli maxsulot sifati nisbatan past bo‘ladi.
Gipsli bog‘lovchilarning keyingi turi angidritli bog‘lovchilar.
Angidritli bog‘lovchilar deb-tabbiy gips toshini 600-700
0
C haroratda pishirib,tarkibiga
kristalizatorlik qo‘shimchalar qo‘shib talqon qilib tayyorlanadigan havoiy bog‘lovchiga aytiladi.
Kristalizatorlar sifatida oxak, xar xil sulfatlar, kuydirilgan dolomit danalashtirilgan
domna shlaklari,kul va boshqa qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Angidritli bog‘lovchilarni tabbiy angidritni (suvsiz gips toshi) pishirmasdan, talqon
qilib tayyorlash mumkin, lekin xozirgi kunda tabbiy angidrit kam uchraydi.
Angidritli bog‘lovchilarning maydalik darajasi 008 raqamli elakda qolgan qoldig‘i
15%gacha va undan ham past, qotishining boshlanishi 30 daqiqadan keyin, oxiri 24 soatgacha.
Angidritli bog‘lovchilar 5,10,15,20 markalarda bo‘lib siqilishga bo‘lgan
mustaxkamligiga (MPa) asosan belgilanadi.
Angidritli bog‘lovchilar choksiz pol, linolumli pol uchun asos sifatida, dekarativ
buyumlar va sun’iy marmar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Yuqori haroratda pishirilgan gips(estrix-gips) deb-tabbiy gips toshini yoki tabbiy
angidritni 800-1000
0
C haroratda pishirilib, tolqon qilib tayyorlangan havoiy bog‘lovchilarga
aytiladi.
Qotishining boshlanishi 2 soatdan keyin oxiri 12-36 soat bo‘lishi mumkin.
Qotishni tezlashtirish uchun qorishma tayyorlashda xar xil tuzlar qo‘shiladi.
Bog‘lovchining ishqalanishga chidamligi yuqori bo‘lgani uchun undan choksiz pol,
mozaykali pol, dekarativ buyumlar va boshqa qurilish materiallari tayyorlashda foydalaniladi.
181
Sanoat chiqindilaridan gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqarish uchun fosfagipsdan
foydalanish maqsadga muofiq. Fosfogips tarkibida 3-5% gacha R
2
O
5
bo‘lgan fasfatli o‘g‘itlar
ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi. Undan ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab G-2, G-
3dan G-10, G-22gacha markadagi gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |