Nazorat savollari
198
9.
Portlandsement turlarini gapirib bering.
10.
Putssolanli va shlakli sementlar nima?
11.
Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering.
12.
Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida gapirib
bering.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari
:
kompyuter texnologiyalari, laboratoriya
jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar);
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari:
-
Aqliy hujum, klaster,
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:
-
Ko’rgazmali qurol
-
Proyektor
-
Slayd
-
Tarqatma material
4-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Klinkerning kimyoviy tarkibi
Klinker
. Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga bog‘liq. O‘z
navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Klinker tarkibini ko‘plab oksidlar erkin va minerallarga birikkan holatda tashkil qiladi. U asosan
kristall va qisman shishasimon tuzilishga ega.
Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa bo‘yicha %):
SaO-63-66, SiO2-21-24, Al2O3-4-8, Fe2O3- 2-4: bundan tashqari MgO, SO3, Na2O va K2O
hamda TiO2, Cr2O3, P2O5 lar oz miqdorda bo‘ladi.
Asosiy 4 oksidlar miqdori klinkerning 95-97% tashkil qiladi.
Klinkerni kuydirish jarayonida oksidlar qayta birikib silikatlarni, alyuminatlarni,
alyumoferitlarni mineral kristall strukturasini tashkil etadi.
Klinker mineral tarkibiga alit, belit, uch kalsiyli silikat, to‘rt kalsiyli alyumoferrit kiradi.
Alit 3SaO.SiO2 (C3S) klinkerning asosiy minerali bo‘lib, sementning qotish tezligini,
mustahkamligini belgilaydi. Alit klinker tarkibida 45-60% bo‘ladi. Uning tarkibida 2-4%
atrofida MgO, Al2O3, P2O3, Cr2O3 va shu kabilar bo‘lib, alit xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Alit kristallari uzunchoq (3-20 mkm) bo‘lib, sement aktivligini oshiradi.
Belit 2SaO.SiO2 (C2S) klinkerning ikkinchi asosiy minerali bo‘lib, sementning vaqt
o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan mustahkamligini ta’minlaydi. Belit klinker tarkibida 20-30%
tashkil etadi va boshlang‘ich davrda sekin qotadi. Uning tarkibida 1-3% atrofida Al2O3, MgO,
Fe2O3, Cr2O3 va shu kabilar bo‘ladi.
Kuydirish xumdonlaridan chiqqan klinkerni asta-sekin sovutish natijasida, harorat
5250S dan pasayganda -S2S o‘rniga -S2S hosil bo‘lishi belit strukturasining buzilishiga va
klinkerning kukunga aylanishiga olib keladi. Bunda klinkerning hajmi 10% ortadi, -S2S ning
zichligi 3,28 g sm3 dan
-S2S ning zichligi 2,97 g sm3 gacha kamayadi. Hosil bo‘lgan
-
S2S 1000S haroratgacha suv bilan reaksiyaga kirishmaydi va bog‘lovchilik xususiyatlariga ega
bo‘lmaydi. SHuning uchun klinker maxsus sovutish moslamalari yordamida tezlik bilan
sovutiladi. Bundan tashqari Al2O3, MgO, Fe2O3, Cr2O3 kabi oksidlar (1-3% atrofida) -Sa2S
strukturasini stabillashishiga va -Sa2S ga aylanishiga yordam beradi. Klinker tarkibida alit va
199
belit 75-80% ni tashkil etgani uchun ularning gidratatsiya mahsuloti portlandsementning asosiy
xossalarini belgilaydi.
Uch kalsiyli alyuminat 3SaO.Al2O3 (C3A) klinker tarkibida 4-12% bo‘lib, 10-15 mkm
o‘lchamdagi kristallarni tashkil qiladi. U suv bilan reaksiyaga kirishib juda tezlik bilan
gidramineral hosil qiladi, lekin yuqori mustahkamlikka ega bo‘lmaydi. Uch kalsiyli
alyuminatning zichligi 3,04 g sm3 bo‘lib, sulfatli muhitda kimyoviy korroziyaga sabab bo‘ladi
va shu tufayli S3A miqdori klinker tarkibida 5% dan oshmasligi kerak.
To‘rt kalsiyli alyumoferrit 4SaO.Al2O3.Fe2O3 (C4AF) klinker tarkibida 10-12 % ni
tashkil etadi. Uning zichligi 3,77 g sm3. S4AF gidratatsiyalanish tezligi o‘rtacha bo‘lib,
sementning gidratatsiyalanish va qotish tezligiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Klinker shishasi
oraliq modda sifatida 5-15% ni tashkil etadi. Uning tarkibini Al2O3, MgO, Fe2O3, K2O, Na2O
lar tashkil etadi.
Magniy oksidi alyumoferrit fazasi va klinker shishasi tarkibiga kiradi yoki erkin holda
bo‘lishi mumkin. MgO juda sekinlik bilan gidratatsiyalanishi (Mg(OH)2), qotgan sement toshi
tarkibida MgO ning 5% dan ko‘p bo‘lishi sementning hajmini notekis o‘zgarishiga va undan
tayyorlangan materiallarning buzilishiga olib keladi.
Klinker tarkibida SaO erkin holatda bo‘lishi mumkin. Uning miqdori 1% dan ortib
ketsa, gidratatsiya natijasida (Sa(ON)2) sement hajmini notekis kengayishiga olib keladi. Natriy
va kaliy ishqorlari klinkerning alyumoferrit fazasi bo‘lib, sement tarkibida sulfatlar ko‘rinishida
bo‘ladi.
Klinker ishlab chiqarish
Klinker ishlab chiqarishda xomashyo tarkibini 75-78% ohaktoshlar va 22-25%
giltuproqlar tashkil etadi. Xomashyo tarkibini boyitish uchun tarkibiy oksidlarning birini tashkil
etuvchi komponentlar kiritiladi. Kremniy oksidning miqdorini oshirish uchun kolchedan
ogarkalari yoki rudasi qo‘shiladi. Bundan tashqari sement ishlab chiqarishda sanoat
chiqindilaridan shlaklar, toshko‘mir kuli, nefelin shlami ishlatiladi. Ularning tarkibida 50-60%
SaO; 25-30% SiO2; 2-5% Al2O3; 3-8% boshqa oksidlar bo‘lishi mumkin. Bu yarimtayyor
komponentlarni sement tarkibiga kiritilishi yoqilg‘i sarfini 20-25% kamaytiradi.
Klinkerni kuydirish asosan yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz, xususiy hollarda esa toshko‘mir
kukuni yoki mazut ishlatiladi. Gaz yoqilganda klinker toza kuydiriladi, ko‘mir va mazut
yoqilishi esa klinkerni 10-20% ga nokerak komponentlar bilan boyitadi.
Sement ishlab chiqarish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: ohaktosh va giltuproqni
qazib chiqarish va zavodga keltirish; xomashyoni tayyorlash; xomashyoni kuydirib klinker olish;
gips olib klinkerni tuyish (15% gacha gidravlik qo‘shimchalar qo‘shish mumkin); sementni
omborxonalarga joylashtirish.
Xomashyo pishirish xumdonlariga 3 xil usulda tayyorlanadi: quruq, xo‘l va
kombinatsiyalashgan usullar.
Xo‘l usulda xomashyo komponentlari turli usullarda maydalanib aralashtiriladi va suv
ishtirokida tuyiladi. Hosil bo‘lgan massa-shlam nasoslar yordamida shlambasseynlarga
yuboriladi. SHlam tarkibidagi suv miqdori 35-45% ni tashkil etadi. Uning tarkibidagi oson
eruvchan ohaktosh, giltuproq dispers majmuani hosil qiladi. Ho‘l usulda klinker pishirilganda
yoqilg‘i sarfi quruq usulga nisbatan 1,5-2 marta ko‘p sarflanadi. Ho‘l usulda xom ashyo
tayyorlanganda suv ishtirokida mayin shlam massasi hosil bo‘ladi. Bu usulda xomashyo
materiallar-ohaktoshlar karerdan keltiriladi va jag‘li va to‘qmoqli maydalagichlarda 5 mm
kattalikgacha maydalanadi. Giltuproq va bo‘r yumshoq bo‘lganligi uchun glinaboltushkalarda
ezg‘ilanadi. Maydalangan ohaktosh va giltuproq birgalikda sharli tegirmonlarda suspenziya
holatigacha tuyiladi. SHarli tegirmon uzunligi 15 m, diametri 3,2 m bo‘lgan, po‘latdan ishlangan
200
silindr bo‘lib, ichi 3 bo‘lakka bo‘lingan. Xomashyo ichi bo‘sh vallar (sapfa) orqali bosim ostida
bir tomondan beriladi, ikkinchi tomondan esa olinadi. Tegirmon ichida birinchi va ikkinchi
bo‘lmalar po‘lat yoki cho‘yan sharlar bilan, uchinchi bo‘lma esa kichik o‘lchamdagi silindrlar
bilan to‘ldiriladi. Quvursimon tegirmonlar to‘xtovsiz ravishda ishlaydigan uskuna bo‘lib, soatiga
30-50 tonna xom ashyoni shlam massasiga aylantirib beradi.
Hosil bo‘lgan shlam nasoslar yordamida temirbeton yoki po‘latdan yasalgan
shlambasseynlarga yuboriladi. SHlambasseynlarda shlam tarkibi etiladi va 5-7 kunlik zahira
miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam o‘lchovli ta’minlovchi orqali aylanma xumdonlarga
kuydirish uchun uzatiladi.
Quruq usulda klinker siklonli issiq almashinuvchi reaktor-dekarbonizatorlarda
pishiriladi. Bu usulda bir texnologik tizimda 3000 tonnagacha klinkerni pishirish mumkin. Bu
usulda yoqilg‘i sarfi ho‘l usulga nisbatan 30-40% kam sarflanadi. Xumdonlarga metall sarfi 2,5-
3 marta kamayadi. Quruq usulga binoan ohaktosh va giltuproq tegirmonda 1-2% qoldiq
namlikgacha maydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |