A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Gidratli ohak va ohak xamiri



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Gidratli ohak va ohak xamiri 
Ohakni bu turlarini olishda asosiy jarayon – so‘ndirishdir. 
Xavoda qotuvchi ohakning so‘ndirishi kalsiy oksidini suv ta’sirida gidratlanishidan 
(ya’ni suv bilan birikishdan) iborat: 
CaO+H
2
O

Ca(ON)
2
-g 
Ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko‘tarilib suv qaynab ketadi. 
Agar ohak sifatli bo‘lsa, unda so‘nish boshlanib tez o‘tib ketadi. Xlorli tuzlar NaCl, CaSl va 
boshqalar CaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiriladi. So‘nish haroratining ko‘tarilishi 
CaO ning gidratlanish jarayoni tezlashtiriladi, so‘nish tezligi kalsiy oksidi kristallarining 
kattaligiga bog‘liq. Xajmi 2 barobardan ko‘proq keskin ortishi bilan ham so‘nish reaksiyasi 
borishi mumkin. Xosil qilingan ohak kukun-ohak va ohak xamiriga bo‘linadi. Kukun ohak katta 
solishtirma yuzaga ega bo‘lgan nihoyatda mayda kukun. U suvga o‘ta moyil birikma. Ohak 
xamiri asosan Ca(OH)
2
dan iborat bo‘lib, qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - ohak 
tayyorlashda suv ohakka nisbatan 2-3 marotaba ko‘p qo‘shiladi, chunki bunda suv tez bug‘lanib 
ketadi. Suvning miqdori juda ko‘p bo‘lganda ohak xamiri olinadi. 
Kukun-ohak Ca(ON)
2
, CaO ning gidratlanish jarayoni CaO ni eritish hamda uning 
nisbatan to‘yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik sxema bo‘yicha o‘tadi . 
CaO ning gidratlanishi qaytar reaksiya bo‘lib, uning yo‘nalishi haroratiga, shuningdek, suv 
bug‘ining bosimiga bog‘liq. Suv etishmasligi natijasida so‘ndirilgan ohakning kuyishi, ya’ni 
kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Ca(OH)
2
parda hosil bo‘ladi. Bu shunday tushuntiriladi: 
suv qo‘shilgandan keyin dastlabki vaqtda ohakni gidratlash qaynovi juda tez boradi, suv 
keraklidan ko‘p bo‘lsa gidratning xamir xolidagi qavat xosil bo‘ladi. Keyinchalik gidrat 
qavatdagi suvni o‘zlashtirish natijasida qurib Qoladi, zichlashadi, ichki qavatlaridagi 
so‘nmagan ohak uchun kerakli suvni o‘tkazmaydi. 
Ohakdagi 
ortiqcha 
begona 
narsalar 
maxsulotning 
so‘nishini 
kechikishiga, 
sekinlashishiga, shuningdek natijada xajm kengayishi, ichki zo‘riqish, darzlar xosil bo‘lishi 
buzilishlariga sabab bo‘ladi. Kukun-ohakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi kerak. 
Sanoatda ohak uzlukli va uzluksiz moslama so‘ndiriladi: uzlukli barabanli so‘ndirgich - 
so‘ndirish bug‘ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm kattalikdagi ohak bo‘laklari 
yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi, bug‘ beriladi va baraban 15-20 min. 
davomida aylanishi natijasida ohak so‘ndiriladi. Umumiy sikl 30-40 minutga boradi. 
Uzluksiz so‘ndirish - parrakli etti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak oldindan 3-6 
mm gacha kattalikda maydalanib etti barabanli gidratorga suv bilan uzatiladi. Xar qaysi 
barabanda parrakli val bo‘lib, massani siqib chiqaradi. 
O‘rada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. YUz tipidagi so‘ndirgich 
ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi maydalash uchun chopqichlar 
o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va prujina yordamida so‘ndirgich 
ostiga to‘kiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan so‘ndiriladi. Ohak xamiri elak orqali 
tindirgichga quyiladi. Ohak xamiri qo‘shimcha saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin. 
Issiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak so‘ndirgichning 
termomexanik konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak so‘ndirilishida chiqqan issiqlik 
hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga 
joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik almashtirgich vazifasini o‘taydi. Silindrning 1 
kamerasi so‘nish ro‘y beradi, ikkinchi kamerada po‘lat sharlar yordamida so‘ndirilmagan 
zarrachalar maydalanadi. 
CHexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab chiqarish 
o‘zlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta pechlarida ishlab 
chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. SHaxta pechlarida maxalliy ochiq konlardagi 7-8 


25 
sm o‘lchamdagi maydalangan ohaktosh bo‘laklari ishlatiladi. 7 sm dan kichik bo‘laklar qayta 
bolg‘ali maydalagichda maydalanib keyin xavoli separotorlarda 2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning 
(0,2-2,5) yuqori dag‘al qismi qayta ohakka ishlanadi. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin