Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1
Reja: 1. Qurilish ohagi, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi
2. Ohaktoshni kuydirish usullari.
3. Gidratli ohak va ohak xamiri.
4. Maydalangan so‘ndirilmagan ohak
Tayanch so‘z va iboralar : dispersli; trepal; opoka; tuf; pemza; gidratli ohak; ohak xamiri. Ohak (gips kabi) - qadimiy bog‘lovchi moddalar. Uning bizning eramizdan qadar bir
necha ming yillar burun qo‘llaganlar. Xavoda qotuvchi ohak kalsiyli - magniyli karbonat
tog‘jinslarini mo‘‘tadil kuydirish natijasida hosil bo‘lgan maxsulot. Xom ashyo sifatida: bo‘r,
ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh, tarkibida 6% dan ortiq tuproq bo‘lmagan tog‘ jinslari xizmat
qiladi. Agar 6% dan ortiq tuproq bo‘lsa kuydirilgan maxsulot suvda qotishi xususiyatiga ega
bo‘lib, suvda qotuvchi gidravlik ohak deb ataladi. Aktiv mineral qo‘shilmalar sifatida tabiiy yoki
sun’iy xosil bo‘lgan nordon (kislotali) qo‘shilmalar: trepel, opoka, tuf, pemza, shlak, kul va
boshqalar kiritiladi.
Xavoda qotuvchi ohak keyingi kuydirilgan maxsulot xususiyatiga bog‘liq xolda
so‘ndirilmagan (bo‘lakli va tuyilgan) va so‘ndirilgan gidratli (kukun ohak va ohakli xamiri)ga
bo‘linadi. So‘ndirilmagan ohak ayrim xollarda qaynama ohak ham deb yuritiladi. U kalsiy oksidi
CaO, so‘ndirilgan ohak Ca(OH)
2
dan iborat. Ohak xamiri Ca(OH)
2
bilan bir qator tarkibida
birmuncha miqdorda mexanik aralashgan suv ham bo‘ladi. So‘ndirilmagan bo‘lakli ohak —
kuydirilgan bo‘lakli ohakni ifoda etadi. U asosan tarkibida ohak bo‘laklari va yongan yonilg‘i
kullari aralashmalaridan iborat bo‘ladi. So‘ndirilmagan to‘yingan ohak - bo‘lakli ohakni tuyish
bilan olingan kukunsimon maxsuloti. Gidratli ohak - yuqori dispersli kukunsimon maxsulot uni
bo‘lakli yoki maydalangan ohakni so‘ndirib, quritish yo‘li bilan olinadi. Ohak xamiri - tuyilgan
yoki bo‘lakli ohakni so‘ndirilgan xamirsimon maxsuloti. Tarkibi Mg(OH)
2
, Ca(OH)
2
– 50-55%
dan ortiq mexanik bog‘langan suv 50-45% dan iborat. So‘ndirish paytida ajralib chiqayotgan
ohak haroratga qarab quyi termik (harorati 70
0
C past) va yuqori termik (harorati 70
0
C dan
yuqori) bo‘ladi. So‘ndirish tezligiga qarab esa ohak tez sinuvchan (8 minutgacha) sekin
so‘nuvchi (15 minutdan ko‘p) o‘rtacha so‘nuvchi — 15 minutdan ko‘p bo‘lmaganlariga
bo‘linadi. Ohakning eng muhim sifat belgilari: aktivlik-so‘ndirilishiga moyil bo‘lgan CaO, Mg
oksidlarning foiz miqdori; so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori, (o‘ta kuygan, chala kuygan)
so‘nish vaqti.
Xavoda qotuvchi ohak asosidagi qurilish qorishmalarining mustahkamligi past. Xavoda
qotgan ohakli qorishmalar 25 sutkada xavoda qotgandan keyin siqilishga bo‘lgan mustahkamligi:
so‘ndirilgan ohakniki 0,5-1 MPa, tuyilgan so‘ndirilmagan ohakniki 5MPa. SHuning uchun
xavoda qotuvchi ohakning navi mustaxkamligiga qarab emas, balki uning tarkibi xususiyati
bo‘yicha aniqlanadi.
Ohaktosh tarkibida gil va boshqa qo‘shimchalar qanchalik kam bo‘lsa, ohakning aktivligi
shuncha yuqori, so‘nish tez boradi, hamda ohak xamiri ko‘p xosil bo‘ladi. Quruq moddaga
hisoblanganda aktiv (CaO∙MgO) ning miqdori foiz hisobida:
I - nav II - nav III - nav
90 80 70