A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Ko’rgazmali vositalar tayyorlash



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash.
Тalabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq 
o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. 
Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. 
Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. 
Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruxiga topshirish xam 
mumkin. 
 
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Тalabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi xar xil 
bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish vazifasi 
topshiriladi.
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun-
qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning 
munozarali jixatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-
yo’riq beriladi. 
 
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. 
Тalabaga biron-bir mavzu bo’yicha 
(mavzuni talabaning o’zi xam tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash 
topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, 
maqola va monografiyalar xamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar 
to’playdi va bular asosida ilmiy maqola va ma’ruza tezislari tayyorlaydi.
 
Тalabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari
xam talabalar mustaqil ishlarining 
shakllaridan biridir. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalar ilmiy-nazariy konferensiyasini 
tashkil etish orqali o’z ishini guruxning kasbiy yo’naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, 
qiziqishlarini xisobga olib, tabaqalashgan xolda tashkil qilishi kerak. Faqat shu xoldagina 
talabalarning konferensiyani o’tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. 
Тalabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadga 
muvofiqdir. Bog‘lovchi moddalar fani bo’yicha talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini 
quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 
1-bosqich – fan o’qitilayotgan barcha o’quv guruxlarida konferensiyalarni o’tkazish; 
2-bosqich – xar bir guruxda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini fakultet 
va fakultetlararo konferensiyaga taqdim etish va o’tkazish;
3-bosqich – fakultetlararo konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi ma’ruzalarni 
umuminstitut ilmiy-nazariy konferensiyasiga taqdim etish.


243 
Butun guruxlar uchun yagona bo’lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning 
ma’ruza va chiqishlarini guruxlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin