Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1
3. Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Тalabalar mustaqil ishini tashkil etish va
nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish
maqsadga muvofiqdir:
1.Тalabalar mustaqil ishlarini ikki ko’rinishda – auditoriyada va auditoriyadan tashqarida
tashkil etish.
2.Тalabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich, oddiydan
murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.
3. Тalabalar mustaqil ishlarining shakli va xajmini belgilashda quyidagi muxim jixatlarga
e’tibor qaratish:
- talabaning o’qish bosqichi;
- muayyan fanning o’ziga xos xususiyati, o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;
- talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy, grafik tayyorgarlik darajasiga;
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga;
- mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o’tish bilan shakl va xajm jixatidan
o’zgarib borishiga;
- mustaqil ish fan xususiyati xamda talabaning akademik o’zlashtirish darajasiga va
qobiliyatiga mos xolda tashkil etish.
4. Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar. Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar xamda me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;
elektron o’quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
ma’lumotlar bazasini taxlil etish;
ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
ishlab chiqilgan yechim, loyixa yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar davrasida ximoya
qilish.