A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Pishirish qozonida qurilish gipsining olinishi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Pishirish qozonida qurilish gipsining olinishi 
Bu usulda olinadigan qurilish gipsi quyidagi sxema bo‘yicha olinadi (u Gipstosh 
konlaridan 300-500 mm o‘lchamda olib kelinadi va ikki bosqichda maydalanadi qiyin 
bo‘lganligi sababli, bu jarayonni quritish bilan birlashtirishadi, masalan shaxta yoki rolik-
mayatnikli tegirmonlarda maydalangan gipstosh changyutuvchi asboblar tuzumiga yuboriladi. 
Buning uchun chang cho‘ktiruvchi kameralar, siklonlar, elektrofillar keng ishlatiladi. 
Qurilish gipsga termik ishlov berish uchun eng ko‘p tarqalgan asbob - gips pishirish qozoni 
xisoblanadi. Ular asosan ikki xilda bo‘ladi: kichik -3m
3
va katta xajmli 15m
3
.
Pishirish qozoni cho‘yan segmentdan iborat sfera tubli 10, vertikal po‘lat barabandan 1 
iborat. Pishirish jarayonida gipsni aralashtirish uchun qozon vertikal vali 12, lopastli 11 
aylantirgich bilan ta'minlangan. Qozon qopqoq 5 bilan berkitiladi. Gipsning bir xilda isitish 
uchun qozon qizitish trubalar 7 bilan ta'minlangan. Yonilg‘i gazlari 3 trubali orqali chiqib ketadi. 
Vintli konveyer 4 yordamida gipstosh qozonga tushadi, 2 truba orqali suv bug‘lari chiqadi. 
Kukun xolatigacha maydalangan gipstosh oldindan qizdirilgan uzluksiz aylanuvchi 
aralashtiruvchi qozonga solinadi. Moddaning birinchi qismi solingandan so‘ng «Qaynash» 
alomati ko‘ringuncha kutiladi, so‘ngra gips kukuni asta-sekinlik bilan quyib turiladi. Bunda gips 
xar doim qaynayotgan xolatda bo‘lishiga erishiladi va u o‘z xarakatchanligini saqlab qoladi. 
Qozonning yon qismidagi shiberli 8 teshik lyuk 9 orqali modda tindirish xonasiga tushiriladi va 
asta-sekin sovutiladi. Tindirish qurilish gipsning sifatini yaxshilaydi va suvga bo‘lgan talabini 
kamaytiradi, xamda uning mustaxkamligini oshiradi. Bu oz miqdorda qolgan ikki suvlik gips 
moddaning issiqlik xisobiga yarim gidratga o‘tishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari
eruvchan gidrat ishtirok etgan xolda u tindirish jarayonida gidratlanib yarimgidratga aylanishi 
mumkin. Pishiruvchi qozonning bir qancha kamchiligi bor: ular davriy ishlovchi asbob 
xisoblanadi, qozonning ikkala gaykasi va tubi tez yoyiladi, bug‘ bilan chiqib ketadigan gips 
changini tutib qolish qiyin, kuydirilgan gips oldindan un xolatiga keltirish kerak, gipsning 
namligi 1%dan ortmagan taqdirdagina yetarli tezlikda jarayon boradi. 
Qurilish gipsini maydalash va kuydirish jarayonini birlashtirgan usuli bilan quyidagi 
sxema bo‘yicha olinadi. ombordan gips toshi 1 bunker kelib tushadi va pitatel yordamida 2, 
lunisli maydalagichga, 21 ga, lentali konveyer 20 va voronka 19 orqali bolg‘ali maydalagich 18 
ga keladi va zarrachalar o‘lchami 10-15 mmm bo‘lgunga maydalanadi. Maydalangan moda 3 
elevator, 16 pitatel sarflovchi bunker 17 yordamida, Sharli tegirmoniga 15 tushadi va unda xam 
kuydiriladi va maydalanadi. Tegirmonda moda suvsizlanadi, gazli oqim bilan chiqibseparator 5 
dan o‘tadi. Yirik zarrachalar aerojelob orqali yana maydalashga yuboriladi va chang 
cho‘ktiruvchi moslama 6, 10, 12 yo‘naltiriladi. Ulardan suvsizlantirilgan gips gazli oqimdan 
ajraladi va maxsulotlar omboriga yo‘naltiriladi. Tozalangan gazlar ventillar bilan atmosferaga 
yuboriladi. 
Ushbu ishlab chiqarishda gipsni birgalikda tuyish (un xolatga keltirish) va 
kuydirishning texnologik sxemasi bir-biridan asosan o‘ta 
maydalovchi 
asboblari bilan bir-biridan 
farq qiladi. 
Ularning birida 
tegirmon bir marta issiqlik uzatgichdan 
foydalanib 
ishlaydi, boshqa 
tegirmonlarda esa tegirmonga gazlarning ma'lum bir qismi chang yutuvchi asboblardan qaytib 
keladi. o‘ta maydalash va kuydirish sharli tegirmonda 600-700
0
C xaroratda o‘tadi. Ikki molekula 
gipsni suvsizlanishi, faqat tegirmonda emas, balki gaz oqimida xam o‘tadi.


98 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin