110
Klinker.
Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga bog‘liq.
O‘z navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish sharoitiga bog‘liq
bo‘ladi. Klinker tarkibini ko‘plab oksidlar erkin va minerallarga
birikkan holatda tashkil
qiladi. U asosan kristall va qisman shishasimon tuzilishga ega.
Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa bo‘yicha %):
SaO-63-66, SiO
2
-21-24, Al
2
O
3
-4-8, Fe
2
O
3
- 2-4: bundan tashqari MgO, SO
3
, Na
2
O va K
2
O
hamda TiO
2
, Cr
2
O
3
, P
2
O
5
lar oz miqdorda bo‘ladi.
Asosiy 4 oksidlar miqdori klinkerning 95-97% tashkil qiladi.
Klinkerni kuydirish jarayonida oksidlar qayta birikib silikatlarni, alyuminatlarni,
alyumoferitlarni mineral kristall strukturasini tashkil etadi.
Klinker
mineral tarkibiga alit, belit, uch kalsiyli silikat, to‘rt kalsiyli alyumoferrit
kiradi.
Alit 3SaO
.
SiO
2
(C
3
S) klinkerning asosiy minerali bo‘lib, sementning qotish
tezligini, mustahkamligini belgilaydi. Alit klinker tarkibida 4560% bo‘ladi. Uning tarkibida
2-4%
atrofida MgO, Al
2
O
3
, P
2
O
3
, Cr
2
O
3
va shu kabilar bo‘lib, alit xususiyatlariga ta’sir
ko‘rsatadi. Alit kristallari uzunchoq (3-20 mkm) bo‘lib, sement aktivligini oshiradi.
Belit 2SaO
.
SiO
2
(C
2
S) klinkerning ikkinchi asosiy minerali bo‘lib, sementning vaqt
o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan mustahkamligini ta’minlaydi. Belit klinker tarkibida 20-30%
tashkil etadi va boshlang‘ich davrda sekin qotadi. Uning tarkibida 1-3% atrofida Al
2
O
3
,
MgO, Fe
2
O
3
, Cr
2
O
3
va shu kabilar bo‘ladi.
Kuydirish xumdonlaridan chiqqan klinkerni asta-sekin sovutish natijasida, harorat
525
0
S
dan pasayganda
-S
2
S o‘rniga -S
2
S hosil bo‘lishi belit strukturasining buzilishiga
va klinkerning kukunga aylanishiga olib keladi. Bunda klinkerning hajmi 10% ortadi, -S
2
S
ning zichligi 3,28 g sm
3
dan
-S
2
S ning zichligi 2,97 g sm
3
gacha kamayadi. Hosil
bo‘lgan
-S
2
S 100
0
S haroratgacha suv bilan reaksiyaga kirishmaydi va bog‘lovchilik
xususiyatlariga ega bo‘lmaydi. SHuning uchun klinker maxsus sovutish moslamalari
yordamida tezlik bilan sovutiladi. Bundan tashqari Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, Cr
2
O
3
kabi oksidlar
(1-3% atrofida)
-Sa
2
S strukturasini stabillashishiga va
-Sa
2
S
ga aylanishiga yordam
beradi. Klinker tarkibida alit va belit 75-80% ni tashkil etgani uchun ularning gidratatsiya
mahsuloti portlandsementning asosiy xossalarini belgilaydi.
Uch kalsiyli alyuminat 3SaO
.
Al
2
O
3
(C
3
A) klinker tarkibida 4-12% bo‘lib, 10-15
mkm o‘lchamdagi kristallarni tashkil qiladi. U suv bilan reaksiyaga kirishib juda tezlik bilan
gidramineral hosil qiladi, lekin yuqori mustahkamlikka ega bo‘lmaydi. Uch kalsiyli
alyuminatning zichligi 3,04 g sm
3
bo‘lib, sulfatli muhitda
kimyoviy korroziyaga sabab
bo‘ladi va shu
tufayli S
3
A miqdori klinker tarkibida 5% dan oshmasligi kerak.
To‘rt kalsiyli alyumoferrit 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
(C
4
AF) klinker tarkibida 10-12 % ni
tashkil etadi. Uning zichligi 3,77 g sm
3
. S
4
AF gidratatsiyalanish tezligi o‘rtacha bo‘lib,
sementning gidratatsiyalanish va qotish tezligiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Klinker shishasi
oraliq modda sifatida 5-15% ni tashkil etadi. Uning tarkibini Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, K
2
O, Na
2
O
lar tashkil etadi.
Magniy oksidi alyumoferrit fazasi va klinker shishasi tarkibiga kiradi yoki erkin
holda bo‘lishi mumkin. MgO juda sekinlik bilan gidratatsiyalanishi (Mg(OH)
2
),
qotgan
sement toshi tarkibida MgO ning 5% dan ko‘p bo‘lishi sementning hajmini notekis
o‘zgarishiga va undan tayyorlangan materiallarning buzilishiga olib keladi.
Klinker tarkibida SaO erkin holatda bo‘lishi mumkin. Uning miqdori 1% dan ortib
ketsa, gidratatsiya natijasida (Sa(ON)
2
) sement hajmini notekis kengayishiga olib keladi.