3- LABORATORIYA ISHI (2 soat) MAVZU: SEMENT XAMIRINING ME’YORIY QUYUQLIGINI (SUV SEMENT MIQDORINI) ANIQLASH Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar: 4.
vika asbobi,
5.
tarozi,
6.
qorishtirgich.
Umumiy tushuncha. Narmal quyuqlikni aniqlash, sement suv nisbatini bildiradi.
Suv miqdori % da o‘lchanadi.
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi: Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobida GOST 310.3-76 ga muvofiq
aniqlanadi. Buning uchun asbobning ignasi o‘rniga diametri 10 mm va uzunligi 50 mm
keladigan metall sopcha (keli) o‘rnatiladi. Harakatlanadigan sterjenning metall sopcha bilan
birgalikdagi massasi 300±2 g ni tashkil etishi lozim. Sinash oldidan sterjenning bemalol
surilishini, metall sopchaning tozaligini, o‘zak miliniig vaziyatini tekshirish kerak xalqa va
plastinkani mashina moyi bilan yupqa qilib moylash zarur.
Tekshiriladigan sementdan tarozida 400 g tortib olinib, xo‘l latta bilan artilgan
metall kosaga solinadi, sementning o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga normal
quyuqlikda hamir qorishga etadigan miqdorda o‘lchab quyilgan suv quyiladi. Sementdan
birinchi marta hamir qorib qurish uchun taxminan 110-112 sm
3
(sement massasining 25-28%
miqdorida) suv olinishi kerak. Suv quyilgan chuqurchaga po‘lat kurakcha bilan sement
to‘ldiriladi va 30 sekunddan keyin ehtiyotlik bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan hamir
kurakcha yordamida iylanadi va kosa vaqt-vaqti bilan 90° ga aylantiriladi. Hamir qorish va
uni iylash jarayoni sementdagi chuqurchaga suv quyilgan paytdan hisoblab 5 minut davom
etishi lozim. Qorilgan hamirni shisha plastinka ustidagi xalqaga bir yo‘la joylash, xalqani
besh-olti marta silkitish uni plastinkaga bosib turgan holda, plastinkani stolga sekinsekin
urish lozim. Sement hamirining ortiqchasi xo‘l latta bilan artilgach pichoqda sidirib
tashlanadi. Xalqa plastinkasi bilan birga Vika asbobining sterjeni tagiga qo‘yiladi, metall
sopcha xalqaning qoq o‘rtasida hamirga tekkiziladi va qisish vintini burab shu vaziyatida
mahkamlanadi. SHundan keyin qisish vinti burab bo‘shatiladi, shunda sterjen bilan birga
sopcha ham hamirga botadi. Sterjen bo‘shatilgach paytdan 30 sekund o‘tgach, metall
sopchaning hamirga botish chuqurligi asbob shkalasidan yozib olinadi. Agar sopchaning
uchi shisha plastinkaga 5-7 mm etmagan bo‘lsa, unda hamirning quyuqligi normal
hisoblanadi. Agar xamirga botirilgan sopcha 5-7 mm dan balandroqda to‘xtagan bo‘lsa,
tajribani takrorlash uchun kuproq suv qo‘shib xamir qorishga to‘g‘ri keladi. Agar metall
sopcha bundan pastrokda to‘xtasa, sinaladigan hamirga suv kamroq qo‘shilishi lozim.
Xullas, hamirning normal quyuqligi topilgunga qadar suv miqdori o‘zgartirilaveradi. Normal
quyuqlikdagi hamir hosil bo‘lishi uchun talab qilinadigan suv miqdori (%) sementning
massasi bo‘yicha 0,25% gacha aniqlikda hisoblab chiqarilishi lozim.
227
3-rasm. Silkitish stolchasi sxemasi
1-jadval
Tajriba nomeri
Suv mikdori
Asbobni
kursatishi
Pestikni botish
chuqurligi,mm
sm
3
%