A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari:
ko’rgazmali 
qurollar, natural namunadagi qurilish materiallari(bog’lovchi), virtual namunadagi o’quv-
laboratoriya jihozlari, xisoblash jadvallari. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
155.
Qosimov I.K. Qurilish materiallari. Darslik. T., Mexnat. 2004. 
156.
Maxmudova N.A.Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, 
qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2012. 
157.
Nuritdinov X.N., Qodirova D.SH. Bog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini 
tadqiq etish usullari. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya 
markazi., 2012. 
158.
Voljenskiy A.V. Mineralnыe vyajuщie veshestva. M., Stroyizdat. 1979. 
159.
N.A.Maxmudova Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. (lotin imlosida). T. 
Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2015. 
160.
Samig‘ov N.A. Bino va inshootlarni ta’mirlash materialshunosligi. TAQI. T. 
2005. 
161.
N.J.Parsaeva, I.Bozozrov “Bog’lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish 
bo’yicha o’quv qo’llanma(Praktikum)”. 
4- LABORATORIYA ISHI (2 soat) 
MAVZU:
SEMENT MUSTAXKAMLIGINI ANIQLASH UCHUN NAMUNALAR 
TAYYORLASH
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar: 
5.
silkituvchi stol,
6.
shibbalagich,
7.
lineyka, qorishtirgich, 
8.
4x4x16 sm o‘lchamli qolip.
 
 


228 
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi: 
Sementning markasini
aniqlashda sement 
balkalarning 
egilishdagi 
va 
siqilishdagi mustahkamlilik chegaralari asos qilib olinadi. Namunalar massasi bo‘yicha 1:3 
nisbatda (1 xissa sement va 3 xissa normal qumdan), tayyorlangan plastik qorishmadan 
40x40x160 mm o‘lchamda yasaladi. Buning uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi. Bu 
materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, 
keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan 
keyin aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayyor qorishma 
aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin qolipga solib vibratsiyada 
zichlashtiriladi. Qolipga solingan namuna 28 sutkadan keyin egilishga va siqilishga bo‘lgan 
mustahkamligi sinaladi.
Qorishma zichlashtirilgan qoliplar titratish maydonidan olinadi va uning ustki qismidagi 
ortiqcha qorishma xo‘llangan pichoq bilan kesib olib tashlanadi va yuzi silliqlanadi. 
Namunalarga belgilar qo‘yilib, ularni suvli idishning suv ustidagi panjarasiga qo‘yib 24±2 soat 
saqlanadi. 
Namunalar 1 kecha kunduz qolipda saqlangandan keyin ular qolipdan ajratiladi va 
harorati 293±2 K (20±2oC bo‘lgan ichimlik suv solingan idishda sinalguncha saqlanadi. 
Idishdagi suv namunalarni kamida 2 sm.yopib turishi kerak va suv har 14 kunda almashtirilib 
turilishi shart. Namunalar suvda saqlanganda ufq bo‘ylab yotgan bo‘lib, bir-biriga tegmay 
turishi kerak. 
Sinash uchun muddati etgan namunalarni suvdan chiqarib nam latta bilan artiladi va 
ular suvdan olingandan keyin 30 daqiqagacha sinalishi kerak. 
Namunalarning avval egilishga keyin siqilishga mustahkamligi aniqlanadi. Buning 
uchun namunalar ketma-ket mustahkamlikni aniqlovchi (MS-100) asbobining tayanchlariga 
tayyorlangan vaqtdagi ufq bo‘ylab qo‘yilgan (gorizontal) holati ufqga tik (vertikal) qo‘yiladi.
Asbobning to‘g‘ri ishlashi uchun kerakli bo‘lgan ishlar 19–rasmda ko‘rsatilganidek
amalga oshirilganidan keyin namunaga kuch ta’sir qiladi va sinash tugagandan keyin, namuna 
singandagi asbob ko‘rsatgichidagi kattaliklar yozib olinadi. 
Sementning egilishiga bo‘lgan mustaxkamligi sifatida sinalgan 3 ta namunaning yuqori 
ko‘rsatgichli 2 tasining o‘rtacha mustaxkamligi olinadi. Egilishga mustahkamligi aniqlangan 3 ta 
namunalardan 6 ta yarimtalik bo‘lakchalar hosil bo‘ladi. 
SHu bo‘lakchalarni gidravlik pressda siqilishga mustahkamligi aniqlanadi. 
v) Egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash
qorishma tarkibi (massa bo‘yicha)
Egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash. 4x4x16 sm o‘lchamli namuna, MII-
100,
4x4x16 sm o‘lchamli namuna MII-100 qurilmasiga qo‘yilib egilishga bo‘lgan mustahkamligi 
topiladi. 2 ta pastki tayanch orasidagi masofa 100 mm.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin