228
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi:
Sementning markasini
aniqlashda sement
balkalarning
egilishdagi
va
siqilishdagi mustahkamlilik chegaralari asos qilib olinadi. Namunalar massasi bo‘yicha 1:3
nisbatda (1 xissa sement va 3 xissa normal qumdan), tayyorlangan plastik qorishmadan
40x40x160 mm o‘lchamda yasaladi. Buning uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi. Bu
materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi,
keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan
keyin aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayyor qorishma
aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin qolipga solib vibratsiyada
zichlashtiriladi. Qolipga solingan namuna 28 sutkadan keyin egilishga va siqilishga bo‘lgan
mustahkamligi sinaladi.
Qorishma zichlashtirilgan qoliplar titratish maydonidan olinadi va uning ustki qismidagi
ortiqcha qorishma xo‘llangan pichoq bilan kesib olib tashlanadi va yuzi silliqlanadi.
Namunalarga belgilar qo‘yilib, ularni suvli idishning suv ustidagi panjarasiga qo‘yib 24±2 soat
saqlanadi.
Namunalar 1 kecha kunduz qolipda saqlangandan keyin ular qolipdan ajratiladi va
harorati 293±2 K (20±2oC bo‘lgan ichimlik suv solingan idishda sinalguncha saqlanadi.
Idishdagi suv namunalarni kamida 2 sm.yopib turishi kerak va suv har 14 kunda almashtirilib
turilishi shart. Namunalar suvda saqlanganda ufq bo‘ylab yotgan bo‘lib, bir-biriga tegmay
turishi kerak.
Sinash uchun muddati etgan namunalarni suvdan chiqarib nam latta bilan artiladi va
ular suvdan olingandan keyin 30 daqiqagacha sinalishi kerak.
Namunalarning avval egilishga keyin siqilishga mustahkamligi aniqlanadi. Buning
uchun namunalar ketma-ket mustahkamlikni aniqlovchi (MS-100) asbobining tayanchlariga
tayyorlangan vaqtdagi ufq bo‘ylab qo‘yilgan (gorizontal) holati ufqga tik (vertikal) qo‘yiladi.
Asbobning to‘g‘ri ishlashi uchun kerakli bo‘lgan ishlar 19–rasmda ko‘rsatilganidek
amalga oshirilganidan keyin namunaga kuch ta’sir qiladi va sinash tugagandan keyin, namuna
singandagi asbob ko‘rsatgichidagi kattaliklar yozib olinadi.
Sementning egilishiga bo‘lgan mustaxkamligi sifatida sinalgan 3 ta namunaning yuqori
ko‘rsatgichli 2 tasining o‘rtacha mustaxkamligi olinadi. Egilishga mustahkamligi aniqlangan 3 ta
namunalardan 6 ta yarimtalik bo‘lakchalar hosil bo‘ladi.
SHu bo‘lakchalarni gidravlik pressda siqilishga mustahkamligi aniqlanadi.
v) Egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash
qorishma tarkibi (massa bo‘yicha)
Egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash. 4x4x16 sm o‘lchamli namuna, MII-
100,
4x4x16 sm o‘lchamli namuna MII-100 qurilmasiga qo‘yilib egilishga bo‘lgan mustahkamligi
topiladi. 2 ta pastki tayanch orasidagi masofa 100 mm.
Dostları ilə paylaş: