A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi: 
500gr sement va 1500
gr
oddiy qum tarozida tortiladi. Ular qozonda quruq xolda 1minut 
arlashtiriladi. Keyin uning yuzasi tekislanadi va o‘rtasi o‘yilib taxminan 20
0 ml 
suv quyiladi
qorishma suvni shimgandan keyin yana 1 daqiqaqorishtiriladi va qorishtirish mexanik 
aralashtirgichda solinadi. 
5-rasm. Qorishma tayyorlaydigan mashina: 1 - qorishma tayyorlaydigan ariqcha, 2 - qorishmani 
ezuvchi g‘ildirak, 3 - reduktor. 
Mashina o‘z o‘qi atrofida 20 marta aylanib qorishmani qorishtirgandan keyin bunga 
2,5minut vaqt ketadi, uning quyuq va suyuqligini aniqlanadi. 


230 
Buning uchun silkituvchi stolcha (8-rasm) o‘rtasiga qo‘yilgan kesik konusli idishga sement 
qorishma ikki bo‘lib solinadi. Kesik konus zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lib, uning 
diametri pastki 100mm, yuqorisiniki 70mm, balandligi 60mm ga teng. 
Idishga solingan qorishma shibbalovchi bilan zichlanadi. Qorishma birinchisi 15 marta, 
ikkinchisi 10 marta zarb bilan shibbalanadi. Zichlash vaqtida kesik konus chap qo‘l bilan stolga 
bosib turiladi. 
Shibbalash zichlashgan qorishmaning ortiqcha qismi ho‘llangan pichoq bilan sidirilib 
tekislanadi, keyin qolip asta-yekin tekis holatda ko‘tariladi. Konus shaklini olgan qorishma 30 
marta 30 sekundda silkitiladi va natijada u dars ketib, sekin-asta buzilib yoyiladi. 
Qorishma diametri shtangensirkul bilan ikki joyidan o‘lchanadi. Shunda qorishmaning 
yoyilish diametrining o‘rtacha qismi 105mm kam bo‘lsa, suv miqdori bir oz ko‘paytirilib, 
qorishma yana tekshirib ko‘riladi, aks holda, suv miqdori kamaytiriladi. Xullas, qorishmaning 
yoyilish diametri quyuqligi 105-110mm bo‘lishi kerak. Bu sement hamirining o‘rtacha 
quyuqligini aniqlang. 
Aniqlangan suv sement nisbatiga ko‘ra qorishma tayyorlanib, undan tomonlari 
40x40x160mm li namuna olinadi. Namuna tomonlarining miqdori 0,02mm aniqlikda bo‘lishi 
kerak(rasm-10). Namuna tayyorlashda avval qolip ichki tomonlariga mashina moyi suritiladi. 
Rasm-5.1 Balka shakldagi namunalar tayyorlash uchun qolip. 
Qorishmani joylashda qulaylik tug‘dirish uchun unga o‘rnatilgan nasadkaga mashina moyi 
yoki solidol suriladi. Qorishma solishga tayyorlangan qolip va nasadka titratgich vibratorga 
mahkam o‘rnatiladi. Titratgich konstruksiyasi har xil bo‘lsada, ammo ularning tik yo‘nalish 
bo‘yicha amplitudasi 0,35mm, titrash davri esa 3000titr/min bo‘lishi kerak. 
Titratgich ichiga tushirmasdan oldin qolipning uchchala ko‘zi 1sm aniqlikda sement 
qorishmasi bilan to‘lg‘aziladi, keyin avvalgi 2min davomida qorishma solib turiladi va qolip 
3min titratiladi. Qolip va unga o‘rnatilgan nasadka titratgichdan olinadi va ho‘llangan pichoq 
bilan namuna sirti qolip qirrasi bo‘ylab tekislanadi, so‘ng har bir namuna bo‘yoq bilan 
nomerlanadi, namuna qolip bilan birgalikda gidravlik qopqoqli vannaga joylashtiriladi va unda 
24±2soat saqlanadi. Sement namuna qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan 
holda suvli vannaga oralari 10-15mm masofada teriladi. Namuna suvda 27sutka saqlanadi. 
Idishdagi suvning hajmi namuna hajmidan 4 marta qo‘p bo‘lishi kerak. Bundan tashqari suvning 
harorati xona haroratidek bo‘lishi, tarkibida tuz, ishqor yoki kislota bo‘lmasligi kerak. Namuna 
suvda qotish muddati o‘tgandan keyin ular quruq latta bilan artiladi va 10minutdan so‘ng 
sinaladi. 
Egilishga mustahkamlikni o‘rtacha arifmetik hisoblaganimizda sinov ko‘rsatgan 3 
natijaning 2ta ko‘proq ko‘rsatkichi olinadi.Namunaning egilishga sinagandan keyin 6 yarimtalik 
namuna olinadi, ular har biri alohida sinab sementning siqilishga mustahkamlik chegarasi 
aniqlanadi. Buning uchun gidravlik pressning quyi 3 va yuqori 1 tagli plita orasiga o‘rnatilgan 
po‘lat plastinka ustiga namuna qo‘yiladi(rasm-10). 
Po‘lat plastinka bir tomon rahi chiqqan bo‘ladi. Namuna o‘rnatilganda uning tekis qirralari 
plastinka rahiga tegib turishi, hamda namuna tushadigan kuch qorishmaning qolipga joylashish 
qatlami parallel bo‘lishi lozim. Namuna berilgan kuchning tezligi sekundiga 20±5kg/sm2sek 
oshmasligi kerak. Kuchning ortishi natijasida namuna buziladi va shu vaqtda manometr 
ko‘rsatgan bosim jadvalga yoziladi. Namuna buzuvchi kuch R ning qiymati manometrdagi 
ko‘rsatkichni gidravlik press va nasos porshenlarining yuzalarini nisbatiga bo‘lib aniqlanadi. 
Siqilishga mustahkamlik chegarasi buzuvchi kuch-R plastinka yuzasi G‘ga bo‘lib aniqlanadi. 


231 
5.2-rasm. Yarimtali tayoqcha namunani siqilishga sinash:
1 - gidravlik pressning yuqori tayanchi, 2 - tayoqchani egilishga sinagandan qolgan
yarimtali namuna, 3 - pressning quyi tayanchi, 4 - plastinkalar 
5.3-rasm. Yarimtalik tayoqcha namunani siqilishga
sinashda ishlatiladigan pulat plastinka 
Sement markasi bilan uning mustahkamlik chegarasi orasidagi bog‘lanish
5.1-jadval 
Siqilishdagi mustahkamlik 
Sement markalari 
300 
400 
500 
600 
28 kun dan keyin egilishdagi mustahkamlik 
chegarasi, MPa dan ko‘p 
45 
55 
60 
65 
28 kundan keyin siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasi, MPa dan ko‘p 
300 
400 
500 
600 
Xulosaga 
portlandsementlarni 
O‘zRST 
shartlariga 
ko‘ra 
sinab, 
aniqlangan 
natijalar(markalar)ni 4.12-jadvalda keltirilgan qiymatlarga taqqoslash mumkin. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin