234
180.
N.A.Maxmudova Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. (lotin imlosida). T.
Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2015.
181.
Samig‘ov N.A. Bino va inshootlarni ta’mirlash materialshunosligi. TAQI. T.
2005.
182.
N.J.Parsaeva, I.Bozozrov “Bog’lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish
bo’yicha o’quv qo’llanma(Praktikum)”.
7-LABORATORIYA ISHI (2 soat)
MAVZU: BAJARILGAN ISHLARNI XISOBOTINI QABUL QILISH
Laboratoriya ishlarini qabul qilish bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat
qilish me'zonlari:
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o’zlashtirishini baholash tizimi bo’yicha NIZOM”ga
asosan baholash turlari va shakllari, soni hamda mezonlari
1. Baholash turlari, shakllari, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga
professor-o’qituvchilar tomonidan fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda e’lon qilinadi.
2. Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish
identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi.
Laboratoriya ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi. Mualliflikni o’zlashtirish
(plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Laboratoriya ishi matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har
qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar
keltirilishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan
ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu
barcha yozma ishlarga nol ball qo’yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor qilishga asos bo’ladi.
Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan Laboratoriya ishlari 12 oy saqlanadi va muddat
o’tganidan so’ng o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.
Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy
ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat
natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
Malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek
magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha
talabalar o’zlashtirishi ham 5 ballik tizimda baholanadi.
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya
etiladi:
Dostları ilə paylaş: