233
3–usul namuna mustahkamligi bilan uning ma’lum bir qismidagi buzuvchi kuchiga
qarshilik qilish qobiliyatiga asoslangan.
Biz quyida 2-usul bilan ishlaydigan OSH -1 sklerometrning tuzilishi va ishlash usuli bilan
tanishamiz.
Qovushqoqlik bilan mustahkamlik orasidagi bog‘liqlik asosida ishlaydigan asboblar
asosan siqiluvchan prujinaning kuchiga asoslangan. Prujina namunaga berilayotgan zarb va zarb
ta’sirida asbob o‘qining orqaga qaytish kattaligini ta’minlab beradi. Uning orqaga qaytish
miqdorini asbobdagi ko‘rsatgich ko‘rsatadi. Bu esa ishni bir muncha tez bajarishga sabab
bo‘ladi. Sklerometr mustahkamligi 5-40 MPa bo‘lgan namunalarni 15% aniqlikda sinash uchun
mo‘ljallangan.
Sklerometr asosan silindr va konus qismlardan iborat bo‘lgan asosdan (korpusdan) iborat
bo‘lib, unga siqiluvchan ishchi prujina-4 indikatori -21, bayok-5, un-19, mahkamlagich-10,
ilgak-15, orqaga qaytarish prujinasi -13, himoya prujinasi -13, himoya prujinasi-20
mahkamlangan (3.10- rasm). Bajarilgan ishning hisobini olish uchun ko‘rsatgich-6 asosidagi
ariqcha-8 yonida o‘rnatilgan chiziqchalar-7 ga nisbatan harakatga asoslanib olinadi.
Asosga mahkamlangan tugmacha-16 harakatlanuvchi qismni harakatsiz ushlab turib
natijani yozib olish uchun mo‘ljallangan.
Asbobning pastki konus qismi burab mahkamlanadigan qopqoq-1 yarimkalkalar-2 va
vtulka-3 bilan mahkamlangan bo‘lib ular un-21 ni to‘g‘ri o‘zgarmas harakatini ta’minlab beradi.
Vtulka-3 burama yo‘li bo‘lib, bu yo‘l ishchi prujina-4 ning tarangligini ta’minlab turadi.
Har bir sklerometrni ishlab chiqarishda foydalanish uchun unga ishchi grafigi tuzib
olinadi. Grafik tuzish uchun laboratoriya sharoitida namunalar tayyorlanib undan sklerometrning
zarb asosida qaytgan ko‘rsatgichi va namunaning gidravlik pressda aniqlanganda
mustahkamligidan foydalaniladi. Keyinchalik shu grafik yordamida namuna yoki tayyor
mahsulotlarning mustahkamligi va markasi aniqlanadi (3.11-rasm).
Sklerometrda mustahkamlikni aniqlash uchun avval asbob ishga tayyorlanadi. Buning
uchun uning tashqi ko‘rinishi harakatlanuvchi qismi yaxshi harakatlanishi nazorat qilinib, bir
necha marta ishlatib sinab ko‘riladi. Bundan keyin mustahkamlikni aniqlashga kirishiladi.
Mustahkamlikni aniqlash uchun asbob ikki qo‘llab ushlanadi.
Uni shunday ushlash kerakki, ko‘rsatgichi aniq ko‘rinadigan va qo‘lning barmog‘i
tugmachani bosishga shay bo‘lsin. Sklerometr indikatorini sinaladigan namuna yuzasiga qo‘yib
bosamiz, shu paytda ishchi prujina siqilib bayoqni zarb bilan orqaga itaradi, bayoq bilan
birgalikda ko‘rsatgich harakatlanadi. SHu paytda asbob asosida barmoq ostida turgan
tugmachani bosamiz va ko‘rsatgichdan aniq hisobni olib daftarga qayd etamiz. SHu tariqa ishni
bir necha marta takrorlab har safar ko‘rsatgichdan kattalikni aniqlab, yozib boramiz. Olingan
natijalarni o‘rtacha qiymatini aniqlab grafikdan namunaning mustahkamligini aniqlaymiz.
Dostları ilə paylaş: