A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Sement 
turi 
Bug‘lash vaqti 
Mustahkamlik, MPa 
Markasi 
Boshla 
nishi 
oxiri 
egilish 
o‘rtacha 
siqilish 
o‘rtacha 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bog‘lovchilarning mustahkamligini namunani buzmasdan aniqlash. 
Bog‘lovchilarning mustahkamligini ulardan tayyorlangan namunaga buzuvchi kuch ta’sir 
ettirib aniqlash bilan birgalikda uni buzmasdan mustahkamligini aniqlash usullari qo‘llaniladi. 
Bu usul o‘zining har qanday o‘lchamdagi namuna va buyumning mustahkamligini har 
qanday sharoitda (laboratoriyada, qurilishda, zavodda va hakoza), bir necha marta har xil 
muddatda aniqlashga mo‘ljallangan. 
Mustahkamlikni namunani buzmay aniqlaydigan jihozlar ishlash usuliga va maqsadiga 
qarab turlarga bo‘linadi. 
Ishlash usuliga qarab mexanik va ultratovush usullariga bo‘linadi. Mexanik usulda 
ishlaydigan jihozlar namuna va bo‘limga mexanik kuch ta’sir ettirib mustahkamligini aniqlaydi. 
Ultratovush usulida esa namuna va buyumdan o‘tgan tovush tezligiga asoslanadi. 
Ish maqsadiga qarab buyumning mustahkamligini, zichligini, uning ichidagi 
bo‘shliqlarni buyum ichidagi armaturaning joylashgan o‘rnini aniqlash mumkin. 
Mustahkamlikni mexanik usulda buzmasdan aniqlash. 
Hozirgi paytda ishlab chiqarishda GOST 22690.0-77 226904-77 asosida ishlab 
chiqarilgan bir necha xil mexanik jihozlar bor. Ularni ishlash usuliga va mustahkamlikni 
aniqlashda asos qilib olingan manbalarga qarab 3 usulga bo‘linadi:
1– usul namunaning siqilishiga mustahkamligi bilan uning yuza kattaligi asos qilib 
olingan va bu usul plastik usul deb ataladi. 
2–usul namuna mustaxkamligi bilan uning qovushqoqligi orasidagi bog‘liqqa asoslangan. 


233 
3–usul namuna mustahkamligi bilan uning ma’lum bir qismidagi buzuvchi kuchiga 
qarshilik qilish qobiliyatiga asoslangan. 
Biz quyida 2-usul bilan ishlaydigan OSH -1 sklerometrning tuzilishi va ishlash usuli bilan 
tanishamiz. 
Qovushqoqlik bilan mustahkamlik orasidagi bog‘liqlik asosida ishlaydigan asboblar 
asosan siqiluvchan prujinaning kuchiga asoslangan. Prujina namunaga berilayotgan zarb va zarb 
ta’sirida asbob o‘qining orqaga qaytish kattaligini ta’minlab beradi. Uning orqaga qaytish 
miqdorini asbobdagi ko‘rsatgich ko‘rsatadi. Bu esa ishni bir muncha tez bajarishga sabab 
bo‘ladi. Sklerometr mustahkamligi 5-40 MPa bo‘lgan namunalarni 15% aniqlikda sinash uchun 
mo‘ljallangan. 
Sklerometr asosan silindr va konus qismlardan iborat bo‘lgan asosdan (korpusdan) iborat 
bo‘lib, unga siqiluvchan ishchi prujina-4 indikatori -21, bayok-5, un-19, mahkamlagich-10, 
ilgak-15, orqaga qaytarish prujinasi -13, himoya prujinasi -13, himoya prujinasi-20 
mahkamlangan (3.10- rasm). Bajarilgan ishning hisobini olish uchun ko‘rsatgich-6 asosidagi 
ariqcha-8 yonida o‘rnatilgan chiziqchalar-7 ga nisbatan harakatga asoslanib olinadi. 
Asosga mahkamlangan tugmacha-16 harakatlanuvchi qismni harakatsiz ushlab turib 
natijani yozib olish uchun mo‘ljallangan. 
Asbobning pastki konus qismi burab mahkamlanadigan qopqoq-1 yarimkalkalar-2 va 
vtulka-3 bilan mahkamlangan bo‘lib ular un-21 ni to‘g‘ri o‘zgarmas harakatini ta’minlab beradi. 
Vtulka-3 burama yo‘li bo‘lib, bu yo‘l ishchi prujina-4 ning tarangligini ta’minlab turadi. 
Har bir sklerometrni ishlab chiqarishda foydalanish uchun unga ishchi grafigi tuzib 
olinadi. Grafik tuzish uchun laboratoriya sharoitida namunalar tayyorlanib undan sklerometrning 
zarb asosida qaytgan ko‘rsatgichi va namunaning gidravlik pressda aniqlanganda 
mustahkamligidan foydalaniladi. Keyinchalik shu grafik yordamida namuna yoki tayyor 
mahsulotlarning mustahkamligi va markasi aniqlanadi (3.11-rasm). 
Sklerometrda mustahkamlikni aniqlash uchun avval asbob ishga tayyorlanadi. Buning 
uchun uning tashqi ko‘rinishi harakatlanuvchi qismi yaxshi harakatlanishi nazorat qilinib, bir 
necha marta ishlatib sinab ko‘riladi. Bundan keyin mustahkamlikni aniqlashga kirishiladi. 
Mustahkamlikni aniqlash uchun asbob ikki qo‘llab ushlanadi. 
Uni shunday ushlash kerakki, ko‘rsatgichi aniq ko‘rinadigan va qo‘lning barmog‘i 
tugmachani bosishga shay bo‘lsin. Sklerometr indikatorini sinaladigan namuna yuzasiga qo‘yib 
bosamiz, shu paytda ishchi prujina siqilib bayoqni zarb bilan orqaga itaradi, bayoq bilan 
birgalikda ko‘rsatgich harakatlanadi. SHu paytda asbob asosida barmoq ostida turgan 
tugmachani bosamiz va ko‘rsatgichdan aniq hisobni olib daftarga qayd etamiz. SHu tariqa ishni 
bir necha marta takrorlab har safar ko‘rsatgichdan kattalikni aniqlab, yozib boramiz. Olingan 
natijalarni o‘rtacha qiymatini aniqlab grafikdan namunaning mustahkamligini aniqlaymiz. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin