A. Y. Bagdasarov pedagogika fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xiz


Olimpiada o‘yinlarida yuqori natijalarga



Yüklə 384,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix18.12.2022
ölçüsü384,31 Kb.
#76001
1   2   3   4   5   6
xrpt 4nhc7f48ova9frnv3ja7y3osh5k59cr2rz5n6ykjikin4yav8brv58dc2o7zsmp0ckn99zhgarv

1.2. Olimpiada o‘yinlarida yuqori natijalarga
erishgan dzyudochilar
Anton Gesink – gollandiyalik dzyudochi, dzyudodan 10-dan 
sohibi (XDF tomonidan berilgan). Uch karra jahon chempioni 
(1961, 1964, 1965). Yevropa chempionatining 20 karra sovrindo-
ri, olimpiada o‘yinlari g‘olibi (1964). Jahon chempionatlarida va 
olimpiada o‘yinlarida mutloq vazn toifasida yapon sportchilarini 
mag‘lub etgan birinchi dzyudo kurashchisi hisoblanadi.
Peter Zaysenbaxer – avstriyalik dzyudochi, ikki karra olim-
piada chempioni (1984, 1988).
Xitosi Sayto – yapon dzyudochisi, ikki karra olimpiada 
chempioni (1996, 2000) va 4 karra jahon chempioni hisoblanadi.
Tadaxiro Namura – yagona hisoblangan dzyudo kurashi 
bo‘yicha uch karra olimpiada chempioni (1996, 2000, 2004), 60 
kg vaznda ishtirok etgan.
Ryoko Tani – yapon ayol dzyudochisi, olimpiada o‘yinlarida 
105,8 funt vaznda 5 marta ketma-ket 5 ta medalni qo‘lga kiritgan 
(2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza).
O‘zbekistonda dzyudo 1972-yilda, ya’ni O‘zbekiston dav-
lat sport qo‘mitasining dzyudoni rivojlantirish to‘g‘risidagi 
buyrug‘ida respublikada dzyudoni rivojlantirishning batafsil re-
jasi bayon qi lingan va yaqin kelajakdagi aniq ishlar belgilangan 
edi. Yuqoridagi buyruq tashabbuskor guruhning Xalqaro Dzyudo 
Federatsiyasi vakillari bilan birgalikda o‘tkazilgan katta tayyor-
garlik ishlari ning mantiqiy yakuni bo‘ldi.
1972-yil mart oyida Toshkentda dzyudo bo‘yicha yapon ins-
truktorlari rahbarligida birinchi seminar o‘tkazildi. Seminar qat-
nashchilari Markaziy Osiyo Respublikalari vakillaridan iborat 
bo‘lgan. Seminarda O‘zbekistondan Kim V.A., Istomin A.A., 
Elov A.N., Amashkevich B.B., Zyablitsev A.I., Prut V.M., Alimov 
S.U., Tashxodjayev X., Kim Y.S., Pilipenko V., Shnayder B.I., 
Bogdal V.N., Xaykin E.L. va boshqalar qatnashgan.


7
Xuddi shu yili Moskvada dzyudo murabbiylarini tayyorlash 
bo‘yicha birinchi Butunittifoq seminari o‘tkazildi. Seminar 
tashabbuskori, tashkilotchisi va rahbari sobiq ittifoqdagi zamo-
naviy dzyudo asoschilaridan biri bo‘lgan Vladlen Mixaylovich 
Andreyev edi. U bir necha yillar davomida xalqaro maydonda 
misli ko‘rilmagan natijalarga erishgan mamlakat terma jamoasiga 
rahbarlik qilgan. Guvohlar va seminar qatnashchilari seminar eng 
yuqori ilmiy uslubiy darajada o‘tganligi haqida eslaydilar: dzyudo-
ni o‘rganishning puxta o‘ylab chiqarilgan nazariy va amaliy das-
turi amalga oshirildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasidan 
V.A. Kim, A.A. Istomin, A.N. Elov, B.B. Amashkevich va A.I. 
Zyablitsev vakil bo‘ldilar. Ularning hammasi seminardan so‘ng 
O‘zbekistonda dzyudoni jadal rivojlantirishga kirishdilar. Res-
publika chempionatlari va birinchiliklarini o‘tkazish boshlandi, 
terma jamoalar shakllandi O‘zDJTI va boshqa o‘quv yurtlarida, 
Respublika olimpiya zaxiralari bilim yurtlari (ROZBY, hozirda 
ROZK) va sport maktab-internatlarida dzyudo bo‘limlari ochila 
boshladi, Toshkent shahri va viloyatlari sport jamiyatlarida yangi 
dzyudo seksiyalari bunyodga keldi, yoshlar o‘rtasida dzyudoni 
targ‘ib qilish faol olib borildi.
1991-yil oxirida Osiyo Dzyudo Ittifoqi (ODI)ga kirish uchun 
tayyorgarlik boshlanib, u 1993-yilda O‘zbekistonning ODIga qa-
bul qilinishi bilan yakunlandi. Shu yildan boshlab, O‘zbekiston 
xalqaro maydonda dzyudo bo‘yicha mustaqil jamoa bo‘lib chiqa 
boshladi.
O‘zbek dzyudochilari xalqaro maydonlarda ko‘p marta yu-
tuqlarga erishganlar, A. Bagdasarov 1996-yildagi olimpiada 
o‘yinlarining kumush medali sovrindori bo‘lgan, F. To‘rayev esa 
Belgiyaning Bermengem shahrida 1999-yilda o‘tkazilgan jahon 
chempionatida 2-o‘rinni egallagan.
2002-yil yoshlar o‘rtasida dzyudo kurashi bo‘yicha birinchi 
jahon chempioni o‘zbekistonlik Sanjar Zakirov Janubiy Koreada 
bo‘lib o‘tgan musobaqa g‘olibi hisoblanadi. 
2007-yilgi jahon chempionatida A. Tangriyev 3-o‘rinni egalladi.
2008-yilgi olimpiyada o‘yinlarida (Pekin, Xitoy) A. Tangriyev 
2-o‘rinni va R. Sobirov 3-o‘rinni egalladilar.


8
2009-yilgi jahon chempionatida A. Tangriyev va D. Choriyev-
lar 3-o‘rin bilan taqdirlandilar.
2010-yili Yaponiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida R. 
Sobirov 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Shu yili Osiyo o‘yinlarida R. Sobirov 1-o‘rinni, D. Choriyev, 
A. Tangriyev va M. Farmonovlar 2-o‘rinni, O‘. Qurbonov, N. 
Jo‘raqobilov va R. Sayidovlar 3-o‘rinni egalladilar.
2011- yili Parijda (Fransiya) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 
R. Sobirov 1-o‘rin va N. Jo‘raqobilov 3-o‘ringa sazovor bo‘ldilar.
2011-yilda Tyumenda (Rossiya) bo‘lib o‘tgan jahon chempi-
onatida A. Tangriyev mutlaq vaznda jahon chempioni bo‘ldi.
2012-yil London olimpiada o‘yinlarida R. Sobirov 2 marta 
3-o‘rinni egalladi. 
2015-yil Qozog‘istonning Almata shahrida bo‘lib o‘tgan jahon 
chempionatida hamyurtimiz Rishod Sobirov 3-o‘rinni oldi.
2016-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan 
31-yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yuqori 
natija ko‘rsatib, 13 ta medal bilan qaytishdi. Shulardan olimpi-
ada o‘yinlarining dastlabki kunlarida dzyudo bo‘yicha Diyorbek 
O‘rozboyev va Rishod Sobirovlar faxrli 3-o‘rin bilan taqdirla-
nishdi. 2017-yil jahon chempionatida Diyorbek O‘rozboyev 3-o‘rin 
bilan taqdirlandi.

Yüklə 384,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin