1.5. guvohnoma olish
Siz dzyudoni o‘rganishni boshlayotganingizda mamlakatin-
gizda klubingiz aloqador bo‘lgan dzyudo tashkilotiga a’zo bo‘lib
kirishingiz lozim.
Sizga guvohnoma beriladi, u dzyudodagi yu-
tuqlaringizni yozib borish uchun qaydnoma bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, vaqt o‘tishi bilan u yerga sizning darajangiz, muso-
baqalarda qatnashish va natijalaringiz to‘g‘risidagi
yozuvlar, shu-
ningdek, mintaqaviy, milliy va xalqaro darajalarga o‘tgan kursla-
10
ringiz to‘g‘risida ma’lumot qayd qilinadi.
Undan tashqari, u yerga
qo‘shimcha ma’lumotlar, masalan, birinchi yordam ko‘rsatish,
pedagoglik va hakamlik qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozila-
di. Guvohnomaga ustozning mas’uliyatini sug‘urta
qilish bilan
bog‘liq bo‘lmagan ayrim kutilmagan vaziyatlarni qoplovchi shax-
siy sug‘urta to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Guvohnoma beruvchi obro‘li tashkilotlar o‘z a’zolariga yor-
dam berish uchun mavjudlar. Undan tashqari,
ular boshqa vazi-
falarni ham bajaradilar:
● Texnik standartlarni tasdiqlaydilar, shuningdek tashki-
lot a’zolarini rivojlantirish hamda mahorat darajalarini aniqlash
uchu n tashkilotlar rejalarini tuzadilar.
● Tashkilot a’zolari va ustozlar uchun axloq qoidalarini bel-
gilab beradilar.
● Klublar va butun mamlakat miqyosida
ustozlar hamda ustoz-
lar yordamchilari uchun masg‘ulotlar rejalarini amalga oshiradilar.
● O‘z a’zolarini yangiliklar, kurslar mazmuni,
musobaqalar
hamda darajani aniqlash to‘g‘risida xabardor qiladilar.
1.6. Obini bog‘lash
Bel bog‘-
ning
o‘r ta-
si dan
ush lang
Belbog‘ni
qo rinning
pastki
qis mi da-
rajasida
o‘rtasidan
ushlang va
tana atro-
fida o‘rang
Pastki uchini
tana ga bur-
chak ostida
joylashtiring,
ikkinchi
uchini uning
orqasi dan
o‘tkazing va
tekis tugun
qilib torting
Belbog‘ni
kamon
simidek,
mahkam-
lang. Bel-
bog‘ ning
tortilgan
uchlari bir
xil uzunlikda
bo‘lishi kerak
Belbog‘
uchlari bir
xil uzunlik-
da
ekanligi ga
ishonch hosil
qilib, qattiq
tor ting va
bel bog‘ni
mahkam lang
Belbog‘
uch larini
qo‘yib
yuborga-
ningizda
ular pastga
osi lib turi-
shi zarur
1.1-rasm. Obini bog‘lash.
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq
versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/4106
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/4106
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
найти на
сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/4106