VI bob. SODDALASHTIRILGAN SO LIQ T IZ IM I
(yagona soliq)
l - § . Soddalashtirilgan soliq tizimi haqida tushuncha
va uning iqtisodiy ahamiyati
O'zbekiston Respublikasi oldida turgan qator iqtisodiy-ijtimoiy
masalalami yechishda, shu jum ladan, bozorlarni tovarlar va xizmatlar bilan
ta ’minlashda, aholini ish bilan bandligini tashkil
etishda bozor iqtisodiyoti
sharoitida xojalik tizimining m uhim tarkibiy qismi bo'lm ish kichik
biznesning ahamiyati beqiyosdir. Hozirga kelib, kichik korxonalar yalpi
ichki mahsulotning to'rtdan bir qismini bermoqdalar.
O'zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishda davlatning kafolatlari
va yordami tufayli iqtisodiyotda katta imkoniyatlami ishga solish mumkin.
Ularga davlat yordamini berish, kafolatlardan tashqari ixchamlashgan soliq
tizimiga o'tishga ruxsat berishlik ulam i tashkil qilish va moliya xo'jalik
faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Ixchamlashgan soliq tizimining ahamiyati kattadir.
Bular
birinchidan,
bozomi tezda tovarlar va xizmatlar bilan boyitish
imkonini beradi,
ikkinchidan,
ishsizlikni
kamaytirish, yangi ish o'rinlari
ochishga yordam beradi,
uchinchidan,
ular faoliyatini tashkil qilishni
ixchamlashtiradi,
to'rtinchidan,
soliq hisoblari va hisobotlari sonini
kamaytiradi, soliq hisoblash xodimlari ishini osonlashtiradi, chunki ilgari
ko'p soliq hisoblari va dalolatnomalari o'm iga yagona soliq (aksiz osti
tovarlari bo'ladi aksiz) soliq to'laydi. K o'p martali bo'nak to'lovlar
um um an bo'lmaydi. Demak, boqimanda ham bo'lmasligi lozim.
Agar kichik korxonalar aksiz osti tovarlari ishlab chiqarsalar, unda
aksiz solig'ini ham tulaydilar.
Soliq hisobi oddiy bo'ladi, atigi 6 ko'rsatkichdan iborat.
Kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lashga o'tishlik ixtiyoriydir.
Bunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kichik korxo
nalar uchun ixchamlashtirlgan soliqqa tortish tizimiga o'tishni qo'llash»
to'g'risidagi qaroridan kelib chiqiladi. (1998-yil 15-aprel 159-son).
Ixchamlashtirilgan soliq to'lashga o'tgan kichik korxonalar uchun
quyidagi to'lovlarni to'lash tartibi saqlanib qolgan:
Aksiz solig'i
Bojxona to'lovlari.
Davlat boji.
Budjetdan tashqari fondlarga to'lovlar:
pensiya fondi, bandlik, yo'l
fondlari va b.
44
Biija bitimlari yig'imi.
Maxsus tovarlami sotish huquqini olish litsenziya yig'imi.
Savdo qilish huquqini olish yig‘imi.
Kichik biznes korxonalari qatoriga o'tishning yagona mezoni bor. U
ham bo'ladi ulardagi ishlovchilar sonidir. 2002-yildan boshlab, filial va
boiinm alarda ishlovchilar ham ishlovchilar soniga qo'shiladigan bo'ldi.
Kichik biznes maqomini olishning quyidagi m e’yorlari belgilangan:
Mikrofirmalarda:
ishlab chiqarish sohalari uchun — 10 kishigacha;
xarid qilish, ta ’minlash sotish korxonalari, xizmat ko'rsatish va
noishlab chiqarish sohalari uchun — 5 kishigacha.
Kichik korxonalarda:
sanoat da — 40 kishigacha;
qurilish, qishloq xo'jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida — 20
kishigacha;
fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqa
rish sohalarida — 10 kishigacha ishlovchisi bo'lishi shart.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi Far-
moniga asosan 2004-yilning 1-yanvaridan kichik tad-birkorlik (biznes)
subycktlari toifasiga quyidagilar kirishi belgilandi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarining o'rtacha
yillik soni 20 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi
va boshqa ishlab chiqa-
rishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulguiji, chakana savdo
va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar;
quyidagi tarm oqlam ing o ‘rtacha yillik xodimlar soni:
yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik,
yoq'ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari san o ati-100
kishidan;
mashinasozlik, metalluigiya, yoqilig‘i-energetika
va kimyo sanoati,
qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda
boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari — 50 kishidan;
fan, ilmiy xizmat ko'rsatish, transport, aloqa, xizmat ko'rsatish sohasi
(sugurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va um um iy ovqatlanish hamda
boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo'lm agan sohalar — 25 kishidan.
Soddalashtirilgan soliq, O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga
muvofiq ishlab chiqilgan va tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirayotgan
mikrofirmalar va kichik korxonalar (keyingi o'rinlarda - mikrofirmalar va
korxonalar deyiladi) uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini
qo'llash tartibini belgilaydi.
Soddalashtirilgan soliqning amal qilishi dasturiy vositalar ishlab chi
qarishga, kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarga servis xizmati ko'rsa-
tishga, kompyuter texnikasida va axborot texnologiyalari bilan ishlashga
o'qitishga ixtisoslashayotgan tashkilotlarga (xodimlar sonidan qat’i nazar)
ham tatbiq etiladi.
45
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soda-
lashtirilgan tizimi O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda
tutilgan amaldagi soliqqa tortish tizimi bilan bir qatorda qo'llaniladi.
Soliqqa tortish tizimini tanlash huquqi ixtiyoriy ravishda mikro-
firmalar va kichik korxonalarga mazkur tartibga muvofiq taqdim etiladi,
soliq solishning alohida tartibi belgilangan tadbirkorlik
faoliyatining ayrim
turlarini amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan
mustasno.
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi umumdavlat soliqlari
yig'indisi, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari joriy etadigan,
quyida ko'rsatilgan yig'imlardan tashqari, mahalliy soliqlar va yig'imlar
o'm iga yagona soliqning to'lanishini nazarda tutadi:
savdo-sotiq qilish huquqini berganlik uchun yig'im, shu jum ladan,
tovarlaming alohida turlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini berganlik
uchun litsenziya yig'imlari;
yuridik shaxslami ro'yxatdan o'tkazganlik uchun yig'im;
avtotransportni qo'yganlik uchun yig'im.
Yagona soliqni to'lovchi bo'lgan korxonalar
sotib olingan tovar qiy-
matida to'langan ko'shilgan qiymat solig'i summasini ishlab chiqarish
xarajatlari (muomala chiqimlari)ga hisobdan chiqaradi.
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini ko'llaydigan mikrofir
malar va kichik korxonalar uchun bojxona bojlari, qo'shilgan qiymat solig'i
va import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun aksiz solig'i, davlat
poshlinalari, litsenziya yig'imlari, budjetdan tashqari fondlarga ajratmalami
to'lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o'tgan korxona umumiy
belgilangan tartibda yoki soddalashtirilgan shakl bo'yicha hisob yuritish
huquqiga ega. Buxgalteriya hisobotlarining boshlanich hujjatlari va daro
madlar ham da xarajatlami hisobga olish daftari yuritilishining soddalash
tirilgan shakli O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tom onidan bel
gilanadi va O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisob
lanadi.
Dostları ilə paylaş: