A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Jinsda birikkan holda nasldan naslga o‘tish



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Jinsda birikkan holda nasldan naslga o‘tish.
Hayvonot olamidagi jinsiy farqlarning kelib chiqishi, jinsni aniqlash 
mexanizmi, jinslar o‘rtasidagi nisbatlarni o‘rganish biologiya uchun naza­
riy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Hayvonlar jinsi sun’iy yo‘l 
bilan boshqarilganda edi, qishloq xo‘jaligi uchun juda katta foyda keltirgan 
bo‘lardi. Jins tuxum hujayra urug‘langandan keyin ma’lum bo‘ladi. Ayrim 
jinsli orga­nizmlarda (jumladan odamda ham) jinslar nisbati odatda 1:1 ni 
tashkil etadi. Ko‘pchilik ayrim jinsli organizmlarning erkak va urg‘ochi­
1.
2.
3.
4.
Mendelning uchinchi qonuni qanday genlar uchun xos? Juft genlar 
qanday joylashganda bu qonun «ishlamaydi»?
Birikkan holda irsiylanish nima?
Birikkan guruhlar nima? Odamda bunday guruhlar nechta?
Genlarning birikkan holda irsiylanishini qaysi jarayon buzadi?
52- §. Jins genetikasi


119
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
larida xromosomalari bir xil emas. Ana shu tafovutlar bilan drozofiladagi 
xromosomalar soni misolida tanishib chiqaylik.
Drozofilada xromosoma to‘plami diploid holda 8 ta bo‘ladi. Uch juft 
xromosomalari jihatidan olganda bu pashshalar jinslari bir­biridan farq 
qilmaydi. Lekin bir juft xususiga kelganda muhim tafovutlar mav jud. 
Urg‘ochi sida ikkita bir xil (juft) tayoqchasimon xromosomalar bor; er­
kagida bunday xromosoma faqat bitta, uning juftini ikki yelkali alohida 
bir xromosoma tashkil etadi. Erkaklari bilan urg‘ochilaridan farq qil­
maydigan, bir xildagi xromo somalar 
autosomalar
deb ataladi. Erkaklari 
bilan urg‘ochilarida bir­biridan farq qiladigan xromosomalari esa 
jinsiy 
xromosomalar
deyiladi. Shunday qilib, drozofilaning xromosomalari soni 
oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil topadi. Urg‘ochi 
pashshada qo‘shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda 
bo‘ladigan tayoqchasimon jinsiy xromosoma X­xromosoma, ikkinchi jinsiy 
xromosoma (urg‘ochi pashshada bo‘lmaydigan, erkak pashshada ikki yel­
kali bo‘ladigan xromosoma) Y­xromosoma deyiladi.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin