124
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
o‘simlik larning genotipi — AAbb va aaBB bo‘lib, ularning har biri bit
tadan dominant (A yoki B) genga ega. Bu dominant genlar alohidaalohi
da holda gulga qizil rang bera olmaydi, shuning uchun otaona no‘xat
o‘simliklarining guli oq bo‘ladi.
Genlarning polimer ta’siri.
Allel bo‘lmagan bir nechta genning bit
ta belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi
genlarning
polimer
ta’siri
deyiladi. Genlarning polimer ta’siri organizmlarning miqdoriy bel
gilarida uchraydi. Masalan, hayvonlarning vazni, o‘sishi, o‘simliklarning
bo‘yi,
tovuqlarning tuxum qilishi, qoramol sutining miqdori va yog‘liligi,
o‘simliklar tarkibidagi vitaminlar miqdori va boshqalar. Miqdor belgilar
ning rivojlanish darajasi unga ta’sir etuvchi polimer genlar soniga bog‘liq
bo‘ladi. Polimer hodisasini dastavval shved olimi Nilson Ele o‘rgandi. U
bug‘doyning qizil (A
1
A
1
A
2
A
2
) va oq (a
1
a
1
a
2
a
2
) navlarini o‘zaro chatishtirib
F
1
o‘simliklarni oldi (65 rasm).
F
1
da donlarning rangi pushti bo‘ldi. F
1
o‘zaro chatishtirilib F
2
dagi
o‘simliklarning don rangiga qarab 5 ta guruhga ajratildi. Ularning mi
qdoriy nisbati quyidagicha: 1
ta qizil, 4 ta och qizil rangli, 6
ta pushti,
4 ta och pushti rangli, 1 ta oq donli donga ega o‘simliklar. Polimeriya
orqali irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishning ahamiyati juda katta.
Organizmlardagi, xususan madaniy o‘simlik
va uy hayvonlarining inson
uchun foydali miqdoriy belgilari polimer genlar ta’sirida irsiylanadi va
rivojlanadi. Masalan, uy hayvonlarining og‘irligi, sut miqdori va yog‘liligi,
lavlagi ildizmevasidagi
shakarning miqdori, g‘alladoshlarda boshoqning
uzunligi, makkajo‘xori so‘tasining kattaligi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: