123
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
uyg‘unlash gan bo‘lsa, u birinchi navbatda — genlarning o‘zaro ta’sir etuv
chi tizimi, ya’ni ge no tip bilan bog‘ liq xromosomalarning ma’lum qismida
joylashgan allel va allel bo‘lmagan genlar birbiriga o‘zaro ta’siri natija
sidir. Allel genlar domi nant va retsessiv hollarda bo‘ladi. To‘la va to‘la
bo‘lmagan dominantlik farq qilinadi.
Genlarning komplementar ta’siri turli allelga mansub genlar ba’zi
belgilarning rivojlanishiga bir muncha mustaqil ta’sir etishi bilan birga,
ko‘pin cha turli shaklda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Natijada organizmda biron
belgining rivojlanishi bir necha gen nazorati ostida bo‘ladi. Misol uchun
tovuqning toji har xil zotlarida turli shaklda bo‘ladi. Bu narsa ikki juft
genning o‘zaro ta’siri natijasida genlarning alohida kombinatsiyasi tufayli
tojlar to‘rt xil variantda namoyon bo‘ladi, ya’ni oddiy (aabb), no‘xatsi
mon (aaBB yoki aaBb), yong‘oqsimon (AABB yoki AaBb), gulsimon toj
(AAbb, Aabb)lar (64 rasm).
Allel bo‘lmagan genlar o‘zaro, asosan komplementar, epistaz, polimer
ta’sir qiladi. Genotipda allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’siri natijasida
organizmda yangi belgining rivojlanishiga olib kelishi genlarning
komplementar
, ya’ni to‘ldiruvchi ta’siri deb ataladi. Genlarning bunday
ta’siri xushbo‘y hidli, oq gulli no‘xatni o‘zaro chatishtirishda ham aniq
namoyon bo‘ladi. Olingan birinchi bo‘g‘in duragaylar qizil rangda
bo‘ladi.
Birinchi bo‘g‘in duragaylar o‘zaro chatishtirilganda ikkinchi bo‘g‘in
o‘sim liklarda ajralish 9:7 nisbatda, ya’ni bir fenoti pik sinf (9/16) qi
zil, ikkinchisi (7/16) oq bo‘ladi, demak, natijaviy nisbat 9:7. Otaona
A
B D E
Dostları ilə paylaş: