119
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
larida xromosomalari bir xil emas. Ana shu tafovutlar bilan drozofiladagi
xromosomalar soni misolida tanishib chiqaylik.
Drozofilada xromosoma to‘plami diploid holda 8 ta bo‘ladi. Uch juft
xromosomalari jihatidan olganda bu pashshalar jinslari birbiridan farq
qilmaydi. Lekin bir juft xususiga kelganda muhim tafovutlar mav jud.
Urg‘ochi sida ikkita bir xil (juft) tayoqchasimon xromosomalar bor; er
kagida bunday xromosoma faqat bitta, uning juftini ikki yelkali alohida
bir xromosoma tashkil etadi. Erkaklari bilan urg‘ochilaridan farq qil
maydigan, bir xildagi xromo somalar
autosomalar
deb ataladi. Erkaklari
bilan urg‘ochilarida birbiridan farq qiladigan xromosomalari esa
jinsiy
xromosomalar
deyiladi. Shunday qilib, drozofilaning xromosomalari soni
oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil topadi. Urg‘ochi
pashshada qo‘shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda
bo‘ladigan tayoqchasimon jinsiy xromosoma Xxromosoma, ikkinchi jinsiy
xromosoma (urg‘ochi pashshada bo‘lmaydigan, erkak pashshada ikki yel
kali bo‘ladigan xromosoma) Yxromosoma deyiladi.
Dostları ilə paylaş: