115
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Ishning maqsadi:
o‘quvchilarga irsiylanishga oid bilimlarni gerbariylar asosida
mustahkamlash.
Kerakli jihozlar.
G‘o‘za, pomidor, namozshomgulning har xil navlaridan
tay yorlangan gerbariylar, g‘o‘zaning oq, qo‘ng‘ir, mallarang,
novotrang tolalari,
pomidorning turli shakl va rangdagi mevalari.
Ishning borishi.
O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh alohida
o‘simliklar ustida ishlab, ish natijalarini e’lon qilib, himoya qiladi.
Topshiriqlar:
1. Pomidor o‘simligining har xil navlari gerbariylarini o‘rganib chiqing.
Dominant, retsessiv belgilarini aniqlang, poya, barg,
meva shakllarini
o‘rganib chiqing va taqqoslang.
2. G‘o‘za o‘simligini har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o‘rganib
chiqing. Dominant, retsessiv, oraliq belgilarini aniqlang.
Tola ranglarini
turlicha bolish sababini o‘rganing.
3. Namozshomgul o‘simligini qizil, oq, pushti gulli navlarini gerbariylar
asosida o‘rganing. Poya, barg, gul tuzilishini taqqoslang.
Ish natijalari asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring va masalani yeching:
1. G‘o‘zada malla rangli tola oq tola ustidan dominantlik qilgani uchun F
1
bo‘g‘inda novvot rang tolali forma hosil bo‘ladi. Agar F
1
duragaylar retsessiv
organizmlar bilan o‘zaro
chatishtirilsa, F
2
da qanday natija olinadi.
2. Namozshomgulning qizil va oq gultojibargli formalari o‘zaro chatishtirilsa,
F
1
va F
2
bo‘g‘inda qanday ajralish kuzatiladi? Tahliliy chatishtirish o‘tka
zilsachi?
Dostları ilə paylaş: