135
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
ingichka lansetsimon, suv ustidagi barglari voronkasimon, suv yong‘og‘ida
esa suv osti barglari patsimon qirqilgan, suv usti barglari esa yaxlit bo‘ladi.
Barcha odamlarda (agar ular albinos bo‘lmasa) ultrabinafsha nurlar
ta’sirida melanin pigmenti to‘planishi tufayli terisi qoramtir tusga o‘tadi.
Shunday qilib, tashqi muhitning ma’lum ta’sirida organizmlarning
har bir turi o‘ziga xos o‘zgarishlarga duch keladi va bunday o‘zgarishlar
shu tur vakillarining barchasi uchun bir xilda bo‘ladi. Shu bilan birga,
tashqi muhit sharoitlari ta’sirida belgilarning o‘zgarishlari chegarasiz
emas. Belgilarning xilmaxillik darajasi yoki o‘zgaruvchanlik chegaralari
reaksiya normasi
deb ataladi. Reaksiya normasining kengligi genotip bilan
aniqlanadi va organizm hayot faoliyatidagi belgilarining ahamiyatiga
bog‘liq. Reaksiya normasining torligi bosh miya yoki yurak kattaligi kabi
muhim belgilarga xosdir. Shuningdek, organizmdagi yog‘ miqdori juda
keng doirada o‘zgaruvchan bo‘ladi (sut tarkibidagi yog‘ miqdori qoramol
zotiga, genotipiga bog‘liq).
Hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar guli kamdankam
hollarda o‘zgaradi, lekin barglarining kattaligi juda o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Inson uchun foydali bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarni
olish uchun modifikatsion o‘zgaruvchanlikning reaksiya normasini bilish
seleksiya amaliyotida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida
yangi sermahsul zot va navlarni yaratishdan tashqari, mavjud bor zot va
navlardan yuqori darajada foydalanish imkonini beradi. Modifikatsion
o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganish tibbiyotda inson organizmini
reaksiya normasi doirasida saqlab turish va rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, fenotipik o‘zgaruvchanlik quyidagi
asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
1) irsiylanish xususiyatiga ega emas;
2) o‘zgarishlar guruhli xarakterga ega;
3) o‘zgarishlar tashqi muhit ta’siriga bog‘liq;
4) o‘zgaruvchanlik chegaralari genotip bilan aniqlanishi, ya’ni o‘zga
rish lar bir xil yo‘nalishda bo‘lishiga qaramay, ularning namoyon bo‘
lish darajasi har xil organizmlarda turlicha bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: