136
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
57- §. 9- laboratoriya mashg‘uloti
O‘simlik va hayvonlardagi o‘zgaruvchanlikning variatsion
qatori va egri chizig‘i
Mavzuning maqsadi:
reaksiya me’yori, organizmlarning moslanuvchanlik
chegarasi haqidagi o‘quvchilarning bilimini chuqurlashtirish. Modifikatsion
o‘zgaruv chanlikning statistik qonuniyatlari to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish,
belgilarning o‘zgaruvchanligini variatsion qatori, tajriba yo‘li bilan variatsion
qator olish va reaksiya me’yorining egri chizig‘ini hosil qilish. Labaratoriya
mashg‘ulotining asosiy qoidalarini mustahkamlash. Organizm belgilarining tashqi
muhit omillari ta’sirida o’zgarishi. Modi fikasion o‘zgaruvchanlikning statistik
qonuniyatlari. Organizmda o‘rtacha belgilarning ko‘p uchrashi sabablari.
Jihozlar (har bir stolga):
biologik obyektlar yig‘indisi: loviya urug‘i, dukkak,
bug‘doy boshoqlari, olma barglari, akatsiya barglari va boshqalar. Har biri 100
donadan kam bo‘lmasligi kerak.
Uslubiy tavsiyalar.
O‘qituvchi modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik
qonu niyatlari, namoyish qilinayotgan obyektlar haqida qisqacha ma’lumot beradi.
Mashg‘ulotning borishi.
1. Laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazishning maqsadi, vazifasi, olinadigan
xulosalar haqida ko‘rsatmalar berish. 2. Mashg‘ulotni o‘tkazish. 3. Laboratoriya
mashg‘ulotining yakuni haqida umumlashtiruvchi suhbat.
Dostları ilə paylaş: