137
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Odam genetikasi insoniyat uchun amaliy jihatdan g‘oyat
katta
ahamiyatga ega bo‘lgani uchun so‘nggi yillarda unga qiziqish ayniqsa
ortdi. Hozirgi vaqtda odamda 4000 ga
yaqin normal va patologik
belgilarning nasldan naslga o‘tib borishi bir qadar o‘rganib chiqilgan. Irsiy
omillarga bog‘liq kasalliklar borligi aniqlangan. Ana shu kasalliklarni
to‘g‘ri
aniqlash, ularga yo‘l qo‘ymaslik va davolash muhimdir. Odamni
genetik yo‘l bilan tekshirish usullari ishlab
chiqilganidan keyin ana shu
muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish mumkin bo‘ldi.
Odam irsiyatini o‘rganish usullari.
Odam irsiyatini o‘rganish anchagina
qiyinchiliklar tug‘diradi. Ma’lumki, eksperimental genetika usullarini
odamga tatbiq etib bo‘lmaydi. Odam sekinlik bilan rivojlanib, ancha kech
balog‘atga yetadi. Bir oilaning ko‘radigan farzandlari
soni nisbatan kam
bo‘ladi. Bunday hollar odam irsiyatini o‘rganishga qiyinchilik tug‘diradi.
Odam genetikasini o‘rganishda quyidagi asosiy: geneologik,
egizaklar,
sitogenetik, biokimyoviy, populatsion, ontogenetik usullardan foydalaniladi.
Endi bu usullarning ta’rifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Geneologik usul
mumkin qadar ko‘proq odamlarning naslnasabini
o‘rganib chiqishdan iborat. Shundan foydalanib, insonning ko‘pgina
belgilari,
jumladan, irsiy kasalliklarining nasldan naslga o‘tib borishini
aniqlash mumkin bo‘ladi. Odamning Mendel qonunlariga muvofiq nasldan
naslga o‘tib boradigan belgilaridan bir nechtasi
quyida misol tariqasida
keltirildi. Odamdagi qobiliyat, ist’edod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi
irsiy omillarga bog‘liq ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan,
musiqa, matematikaga bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlar.
Dostları ilə paylaş: