A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Instruktiv kartochka:
a) bitta o‘simlik bargining urug‘i, dukkagi va boshoqlarining uzunligiga qarab 
ketma­ket terib chiqing; b) barg uzunligini o‘lchang, olingan ma’lumotlarni 
jadvaldagi 1­ qatoriga yozing.
Barglarning bir xil uzunlikka ega bo‘lganlarini sanang va jadvalning 2­ qa­
toriga yozing.
Barg uzunligi
v, sm
Barglar soni
n
, dona
d) o‘zgaruvchanlikni grafik jihatdan aks ettiruvchi variatsion egri chiziqni 
chizing; e) formuladan foydalanib o‘rtacha kattalikni keltirib chiqaring:
Ì — o‘rtacha kattalik; V — variantlar; R — uchrash tezligi; 
n
— obyektlar 
soni; 
Σ
— jamlash belgisi. 


137
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Odam genetikasi insoniyat uchun amaliy jihatdan g‘oyat katta 
ahamiyatga ega bo‘lgani uchun so‘nggi yillarda unga qiziqish ayniqsa 
ortdi. Hozirgi vaqtda odamda 4000 ga yaqin normal va patologik 
belgilarning nasldan naslga o‘tib borishi bir qadar o‘rganib chiqilgan. Irsiy 
omillarga bog‘liq kasalliklar borligi aniqlangan. Ana shu kasalliklarni 
to‘g‘ri aniqlash, ularga yo‘l qo‘ymaslik va davolash muhimdir. Odamni 
genetik yo‘l bilan tekshirish usullari ishlab chiqilganidan keyin ana shu 
muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish mumkin bo‘ldi.
Odam irsiyatini o‘rganish usullari.
Odam irsiyatini o‘rganish anchagina 
qiyinchiliklar tug‘diradi. Ma’lumki, eksperimental genetika usullarini 
odamga tatbiq etib bo‘lmaydi. Odam sekinlik bilan rivojlanib, ancha kech 
balog‘atga yetadi. Bir oilaning ko‘radigan farzandlari soni nisbatan kam 
bo‘ladi. Bunday hollar odam irsiyatini o‘rganishga qiyinchilik tug‘diradi. 
Odam genetikasini o‘rganishda quyidagi asosiy: geneologik, egizaklar
sitogenetik, biokimyoviy, populatsion, ontogenetik usullardan foydalaniladi.
Endi bu usullarning ta’rifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Geneologik usul
mumkin qadar ko‘proq odamlarning nasl­nasabini 
o‘rganib chiqishdan iborat. Shundan foydalanib, insonning ko‘pgina 
belgilari, jumladan, irsiy kasalliklarining nasldan naslga o‘tib borishini 
aniqlash mumkin bo‘ladi. Odamning Mendel qonunlariga muvofiq nasldan 
naslga o‘tib boradigan belgilaridan bir nechtasi quyida misol tariqasida 
keltirildi. Odamdagi qobiliyat, ist’edod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi 
irsiy omillarga bog‘liq ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, 
musiqa, matematikaga bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlar.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin