139
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
yuzaga kelishi ga bog‘liq bo‘ladi, buni tegishli biokimyoviy usullar
bilan aniqlash mumkin. Bu usul yordamida qandli diabet kasalligining
sabablari o‘rganiladi. Bu kasallik me’da osti bezining odatdagi faoliyati
buzilishiga bog‘liq bo‘ladi, bu bez qonga insulin gormonini kam ajratadi.
Natijada qondagi qand miqdori ko‘payib, odam organizmidagi moddalar
almashinuvida o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Genetika tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Odatdan tashqari o‘zgarishlar va kasalliklar genotipga bog‘liqdir.
Odamlar popula tsiyasida 2000 dan ortiq irsiy kasalliklar nasldan naslga
o‘tishi aniqlangan. Odamdagi irsiy kasalliklar va ularning paydo bo‘lish
sabablarini hamda davolash usullarini tibbiyot genetikasi o‘rganadi. Irsiy
kasalliklar shartli ravishda ikkiga: gen va xromosoma kasalliklariga
ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: