147
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
lari yaratildi. Bulardan ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil
bug‘doy «Ulug‘bek600» va «Sanzor» navlari diqqatga sazovordir.
O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoqli o‘rinlardan
birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda g‘o‘za
navlarini
yaratishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. G‘o‘za genetik kolleksiyasi
ni yaratishda akademik J.A. Musayev va uning shogirdlarining xizmatlari
katta. Olimlarimiz tomonidan g‘o‘zaning serhosil, vilt kasalligiga chidamli
navlari ko‘plab yaratilgan. Bularga akademik Sodiq Mirahmedov tomo
nidan yaratilgan viltga chidamli «Toshkent1», «Toshkent2», «Toshkent3»
navlarini, akade miklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan
g‘o‘zaning serhosil «AN402», «Samarqand3», «Yulduz» kabi navlari
mashhurdir. Respublika miz olimlari keyingi yillarda g‘o‘zaning yangi
hamda istiqbolli «Buxoro9», «Buxoro102», «Namangan34» va «Omad»
navlarini yaratdilar. O‘zbekistonda 250 dan ortiq uzum navlari mavjud.
Xalq selek sio neri, uzumchilik sohasida katta yutuqlarga erishgan Rizamat
ota Musamuxamedov va uning shogirdlari uzumning bir necha xil navlari
ni yaratganlar. Bulardan «Rizamat», «Gultish», «Sohibi», «Hiloliy» kabi
navlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonda bog‘dorchilik qishloq xo‘jalig
ining asosiy tarmog‘idir. Xalq seleksiya asosida olmaning oq olma, qizil
olma, Namangan olmasi, targ‘il olma, qozi dastor olma navlari, shaftoli
ning «Vatan», «Lola», «Anjir shaftoli», «Zarafshon», «Farhod», «Zarg‘al
doq» navlari,
shuningdek, o‘rik, bodom, yong‘oq, anorlarning xilmaxil
navlari yaratilgan.
Mamlakatimiz olimlari otabobolarimizdan meros bo‘lib qolgan sab
zavotlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan buyon yangilab
kelmoq dalar. Mashhur olim, akademik
Mahmud Mirzayev va uning
shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari
yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlakatimizning
turli
hududlarida ekilib, ulardan mo‘l hosil olinmoqda. Keyingi yillarda
mamlakatimizda kartoshkaning «Nimrang» — cho‘zin choq pushti o‘rta
pishar navi, «Obidov» — kechpishar, cho‘ziq
qizil serhosil navlari ning
yaratilishi diqqatga sazovor bo‘ldi. Professor D. Abdukarimovning yaratgan
«Samarqand» navidan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin.
Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda ko‘p yutuqlarga
erishilgan. Jumladan M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti
1949 yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan
bo‘lib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonda yaratilgan
ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir.