143
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
nav
(toza liniya) deb, odam tomonidan sun’iy ravishda yaratilgan orga nizm
lar populatsiyasiga aytiladi. Bular barqaror va qimmatli biologik hamda
xo‘jalik xossalariga ega bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi. Har bir zot va nav o‘zi
ga xos xususiyatga, ya’ni reaksiya normasiga ega. Masalan, tovuqlarning oq
leggorn zoti ko‘p tuxum beradi. Yashash sharoitlari va oziqa bilan ta’min
lanishi yaxshilansa tuxum berishi ortadi, ammo uning massasi amalda
oshmaydi. Fenotip (shu jumladan mahsuldorlik ham) ma’lum sharoitlarda
namoyon bo‘ladi, shu sababli iqlim sharoitlari agrotexnik usullari va bosh
qarish har xil bo‘lgan hududlar uchun moslashgan zot yoki nav yaratilishi
zarur. Tanlash va duragaylash seleksiyaning asosiy usullaridir. O‘simlik
shu noslikda chetdan changlanuvchi o‘simliklarga nisbatan ko‘pincha yalpi
tanlash usuli qo‘llaniladi. Bunday tanlashda ekinzordan faqat kerakli sifatga
ega bo‘lgan o‘simliklar ajratib olinadi. Kelgusi yili bu urug‘lar ekilib, o‘sim
lik orasidan ham ma’lum belgiga ega bo‘lganlarini tanlab olish takrorlanadi.
Bu usulda olingan nav genetik nuqtai nazardan bir xil bo‘lmaydi va shuning
uchun tanlashni vaqtivaqti bilan qay
ta rib turish kerak. Individual, ya’ni
yak ka tanlashdan ekinzordan qimmatli
belgiga ega ayrim o‘simliklar tanlanadi
va ulardan yangi avlod olinadi. Yakka
tan lash orqali toza liniyalarni genetik
jihatdan bir xil organizmlar guruhi
oli nadi. Tanlash yo‘li bilan madaniy
o‘sim liklarning juda qimmatli navla
rini yaratishga muvaffaq bo‘lingan (73
rasm).
Chorvachilikda avlodlar soni kam
bo‘lganligi sababli xo‘jalik jihatdan
foydali bo‘lgan belgilarga qarab yakka
tanlash duragaylash keng qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida bir zotga
mansub hayvonlarni o‘zaro chatishti
rish yoki birbiridan uzoq, ya’ni begona
zot yohud turga mansub hayvonlarni
chatishtirish olib boriladi. Begona zot
larni chatishtirish bir necha foydali
bel gilar kombinatsiyasini hosil qilish
Dostları ilə paylaş: