146
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
63- §. O‘zbekiston olimlarining seleksiya
sohasidagi erishgan yutuqlari
dalanishga asos langan butunlay yangi ishlab chiqarish korxonalari paydo
bo‘ldi. Mikroorganizmlar metallurgiya sohasida ham «faoliyat» ko‘rsata
di. Rudalardan metallarni ajratib olishda qo‘llaniladigan odatdagi tex
nologiyalar tarkibi jihatdan murakkab bo‘lgan yoki siyqa rudalardan keng
foydalanishga imkon bermaydi; ularni qayta ishlash natijasida juda ko‘p
chiqindilar hosil bo‘ladi, atmosferaga zaharli gazlar ajralib chiqadi. Metal
lar biotexnologiyasi bakte riya larning minerallarni oksidlash va metallarni
eruvchan birikmalarga aylantirish xususiyatiga asoslangan.
Olimlar bakteriya hujayrasiga ma’lum genlarni, shu jumladan odam
genini ham kiritish usullarini ishlab chiqdilar. Bu usullar
gen muhandisligi
deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o‘ziga yot (begona) bo‘lgan gen asosida
ko‘p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. Hozirgi kunda shu yo‘l bilan
viruslar ko‘payishini to‘xtatuvchi interferon oqsilini, qonda glukozaning
miqdorini nazorat qiluvchi insulin oqsilini olishmoqda.
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit
mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziqovqat, konserva,
sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqarish
sanoatlari yanada rivoj topmoqda. Olimlarimiz A.M. Muzaffarov,
M.I.Mav loniy, S. Asqarova, A. Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya
fanining rivojla nishiga katta hissa qo‘shdilar. A. Muzaffarov va uning
shogirdlari xlorella suv o‘tidan chorva mollarining mahsuldorligini
oshirishda va bir qator suv o‘t lari dan ifloslangan suv havzalarini tozalashda
keng miqyosda foydalanishni yo‘lga qo‘ydilar. M. Mavloniy bir qator
achitqi zamburug‘larini o‘rganib, ularni novvoychilik, chorvachilik va
boshqa sohalar uchun achitqilar tayyor lash texnologiyalarini yaratdi.
Dostları ilə paylaş: