148 SELEKSIYA ASOSLARI VI BO‘LIM 1. 2. 3. O‘zbekistonlik seleksioner olimlarni bilasizmi?
O‘zbekiston xalq seleksioneri Rizamat ota haqida ma’lumot bering.
G‘o‘za seleksiyasi haqida nimalarni bilasiz?
Ekskursiyaning maqsadi. O‘simliklarning yangi hosildor navlarini
o‘rganish, maqsadga muvofiqlaridan gerbariylar tayyorlash, yangi navlarni
yaratish usullari bilan tanishish.
Ekskursiya uyushtiriladigan joylar. Ekskursiya seleksiya tajriba stansiya
siga, urug‘chilik institutiga, mevali o‘simliklar ko‘chatzoriga, bug‘doy,
g‘o‘za, sholi navlarini o‘rganish uchun fermer xo‘jaliklariga uyushtiriladi.
O‘quvchilarni olimlar tomonidan yaratilgan o‘simlik navlariga biologik
bilimlarning tatbiq etilishi jarayonlari bilan tanishtiriladi. Shahar maktab
larida seleksiya institutiga va issiqxonalarga, qishloq maktablarida imkoniyat
darajasida fermer xo‘jaliklariga ekskursiya uyushtirish mumkin.
Ekskursiya o‘tkazish. O‘simlik yangi navlarini o‘rganish maqsadida
tashkil etiladigan ekskursiya quyidagi reja asosida o‘tkazilishi mumkin.
1. Qisqacha kirish.
2. O‘simliklar navlarining xilmaxilligi haqida tushuncha:
a) maktab atrofidagi madaniy o‘simliklar misolida;
b) fermer xo‘jaliklarida ekiladigan navlar misolida.
3. Ekskursiya uyushtiriladigan joylardagi navlarning mahsuldorligini
o‘rganish.
4. Yangi navlar biologiyasi va parvarish qilish haqida suhbat tashkil etish.
5. Yangi navlarning yorug‘lik va namlikka bo‘lgan talabini o‘rganish.
6. Mahalliy navlar o‘stiriladigan joylarda ko‘proq uchraydigan begona
o‘tlar, ularning xilmaxilligi.
7. Ekskursiya materiallarini umumlashtirish.
Ekskursiyada yechiladigan muammolar. Hozirgi zamon seleksiyasi
kompleks fan bo‘lib, fanlararo bog‘lanishlar asosida, biologiya fanining turli
tarmoqlaridagi nazariy va amaliy yutuqlarni qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish.