142
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
Abissiniya (Efi
o piya)
markazi (arpa, banan,
kofe daraxti va boshqalar
vatani), Markaziy Amerika (oshqovoq, loviya, makkajo‘xori, qalampir,
g‘o‘za, kakao daraxti vatani), Janubiy Amerika markazi (kartoshka, ana
nas, tamaki vatani) kiradi. Hozirgi vaqtda markazlar soni 12
tagacha
ko‘paytirilgan. N.I.Vavilov kollek siyasining tarixida qora kunlar ham
bo‘lgan. 1940 yili soxta ayblar asosi da qamoqqa olinadi va 1943 yili Saratov
qamoqxonasida holsizlanib (ochlikdan) hayotdan ko‘z yumadi. N.I.Vavilov
kolleksiyasi SanktPeterburg shahridagi o‘simlikshunoslik
institutida
saqlangan. Shahar fashistlar qur shovi da qolgan vaqtda institut xodimlari
butun shahar aholisi bilan birga ochlikni boshidan kechirishlariga qaramay,
kolleksiyada saqlanayotgan urug‘larning bittasiga ham xiyonat qilmadilar.
N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o‘simliklariga tegishli juda katta qismi
O‘zbekiston O‘simlikshunoslik institutida hozirgi
kunda ham saqlanmoqda
va unlardan yangi navlarni yara tishda foydalanilmoqda.
Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 000 dan ortiq namunani o‘z
ichi ga olib, 1041 o‘simlik turiga mansub. Bularga yovvoyi tur mada niy
o‘simliklarning
avlodlari, eski mahalliy navlar kiradi. Dunyo genofon
didan olimlar xo‘jalik jihatdan qimmatli hisoblangan belgilarning genetik
manbalarini tanlab oladilar. Bularga hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va
zararkunandalarga, qurg‘oqchilik va boshqa ta’sirlarga chidamlilik belgilari
ni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Zamonaviy genetika uslublari, o‘simliklar
seleksiyasida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishishga imkoniyat yaratadi.
Masalan, yovvoyi g‘o‘za qimmatli genlari asosida yaratilgan «Toshkent» nav
lari o‘z vaqtida vilt kasalligiga chidamli eng yaxshi nav hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: