Mavjud hayvon zotlari va madaniy o‘simliklar
navlarining genofondi,
boshlang‘ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan kamroq bo‘lishi ta
biiydir. Shuning uchun ham seleksiya ishlarining yutuqlari asosan o‘simlik
yoki hayvonlarning boshlang‘ich guruhlarining genetik xilmaxilligi bilan
bog‘liq. O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning
yangi zotlarini
yaratishda yovvoyi shakllarning foydali belgilarini qidirish va unlarni
aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy o‘simliklarning xilmaxil
ligi va geografik tarqa lishini o‘rganish maqsadida
rossiyalik mashhur
genetik va seleksioner olim N.I. Vavilov 1920—1940 yillarda Rossiya va
chet ellarga bir qator ekspedi tsiya larni uyush tirgan. Bu ekspeditsiyalar da
vomida dunyo o‘simlik resurslari o‘rganil gan va urug‘chilik uchun g‘oyat
muhim kolleksiya to‘plangan. Bular keyin chalik
seleksiya ishlarida, yangi
navlarni yaratishda foydalanilgan.
N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida
seleksiya nazariyasi uchun
muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiqdi. Madaniy o‘simlik
larning kelib chiqishini 7 markazga bo‘ladi. Bu markazlar butun dunyo
bo‘ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazi (50%
madaniy
o‘simliklar, shu jumladan sholi, shakarqamish
va sabzavot ekinlari
vatani), Sharqiy Osiyo markazi (bu yerlardan 20% dan ortiq madaniy
o‘simliklar tarqalgan, jumladan soya va tariq vatani hisoblanadi), Janubiy
G‘arbiy Osiy markazi (14% madaniy o‘simliklar, shu jumladan bug‘doy,
suli,
dukkaklilar, zig‘ir, sabzi va boshqalar vatani), O‘rta Yer dengizi
markazi (11% ma da niy o‘simliklarning, karam, qand lavlagi, beda vatani),
Dostları ilə paylaş: