138
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Ma’lumki, odamning genotipiga bog‘liq bo‘lgan u yoki bu ruhiy xusu
siyatlari, jumladan, iste’dodning yuzaga chiqishi ijtimoiy muhitga bog‘liq.
Ko‘pgina kasalliklar retsessiv holda nasldan naslga o‘tishi geneologik
usul yordamida aniqlangan. Jumladan: qandli diabet, tug‘ma karlik,
gemofiliya, shizofreniya (og‘ir ruhiy kasallik)ning ba’zi formalari. Faqat
retsessiv genlar bilan emas, balki dominant genlar bilan belgila na di gan
irsiy kasalliklarni braxidaktiliya yoki kaltabarmoqlik, ko‘z shox par da
sining ko‘rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi, sil kasalligiga moyillik
kabi lar ham geneologik usul yordamida nasldan naslga o‘tishi aniqlangan.
Egizaklar usuli
o‘xshash belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini
o‘rga nishdan iborat. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo‘ladi. Ba’zi
hollar da bir emas, balki ikkita (kamdankam hollarda uchta va hatto
to‘rtta) tuxum hujayra urug‘lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va
har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan
egizaklar bir jinsli va birbiriga nihoyatda o‘xshash bo‘ladi. Bu tushunarli
albatta, chun ki ular bir xildagi genotipga egadir, ular o‘rtasidagi tavofut
lar esa faqat muhit ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan
egizak lar egizakmas akauka yoki opasingillardek birbiriga o‘xshash,
bir xil yoki har xil jinsli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: