145
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
Mikroorganizmlar turlituman texnologik jarayonlarda jadal qo‘llanil
moqda. Prokariotlar va eukariotlar hayot faoliyatining mahsulotlari
xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yildan yilga ko‘paymoqda. Non
pishirishda, pivo, vino, turli tuman sut mahsulotlarini tayyorlashda mik
ro organizmlar, zamburug‘lar va bakteriyalarning fermentativ faoliya
tidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan sanoat mikrobiologiyasi keng
rivojlanmoqda va inson uchun zarur bo‘lgan, moddalarni ko‘p miqdorda
ishlab chiqaradigan mikroor ga nizm larning yangi shtammlari seleksiyasi
jadal o‘smoqda. Bunday shtamm lar antibiotiklar, ferment va vitamin
preparatlari va ozuqabop oqsillarni ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb
etadi.
Masalan, mikroorganizmlardan B
2
, B
12
vitaminlarini olishda foy
da la niladi. Yog‘och qipiqlari yoki parafinda o‘sadigan achitqi zambu
rug‘laridan oziqabop oqsillar olinadi. Zamburug‘lar tarkibida 60% gacha
oqsil moddasi to‘planadi. Oqsilga boy bu preparatni chorvachilikda qo‘l
lash natijasida yiliga qo‘shimcha ra vishda 1 million tonnagacha go‘sht
yetishtirish mumkin. Mik ro organizmlar yordamida zaruriy amino kislo
talarni ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. Ozuqa tarkibida
bunday moddalarning yetishmasligi organi zm larning o‘sishini keskin
sekin lashtiradi. Hayvon larning an’anaviy ozuqasi tarkibida zaruriy amino
kislotalar kam bo‘ladi. Mikrobiologik yo‘l bilan olingan lizin amino
kislotasidan 1 tonnasi qo‘shilsa, o‘nlab tonna hayvonlar ozuqasini te jab
qolish mumkin. Inson uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni tirik hujay
ralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi
biotexnologiya
deb ataladi.
Biotexnologiya favqulodda tez rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi.
Keyingi 30 yil ichida bir qator turli xil bakteriyalar, zamburug‘lardan foy
Dostları ilə paylaş: