A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Shershevskiy­Terner
sindromi ayollarda uchraydi. Bunday kasalga 
chalingan ayollarda jinsiy xromosoma soni bittaga kamayib, XO bo‘lib 
qoladi. Natijada diploid to‘plamdagi xromosomalar soni 45 ta bo‘ladi. 
Bunday ayollar ning bo‘yi juda past bo‘ladi. Ularda tuxumdon rivojlan­
magan, ikkilamchi jinsiy belgilar juda sust namoyon bo‘ladi. Shershevs­
kiy—Terner sind romi kasalligi o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 5000 ta qizdan 
bittasida uchraydi.
Tibbiy­genetik maslahat berish. 
Tibbiy genetika uchun turli irsiy kas­
alliklar bo‘yicha geterozigota tashuvchilarni aniqlash katta ahamiyatga 
ega. Chunki geterozigota tashuvchi organizm irsiy kasalliklar bilan o‘zlari 
og‘ri maydi. Agar geterozigota tashuvchilar bir xil irsiy kasallikka ega 
bo‘lsa, bun day kishilar nikohidan tug‘ilgan bolalarning irsiy kasallik bilan 
tug‘ilish ehtimoli ko‘pdir. Buning oldini olish uchun maxsus tibbiy­gene­
tik maslahat markazlari tashkil etilib, oila qurishga qaror qilgan yoshlarga, 
ular oilasida tug‘iladigan farzandlar salomatligi haqida tushuntirish ishlari 
olib borilmoqda. 
1.
2.
3.
Tibbiyot genetikasining vazifasi nimalardan iborat?
Odamdagi xromosoma kasalliklari haqida ma’lumot bering.
Odamdagi gen kasalliklarining sabablari nimadan iborat?


Mavjud hayvon zotlari va madaniy o‘simliklar navlarining genofondi
boshlang‘ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan kamroq bo‘lishi ta­
biiydir. Shuning uchun ham seleksiya ishlarining yutuqlari asosan o‘simlik 
yoki hayvonlarning boshlang‘ich guruhlarining genetik xilma­xilligi bilan 
bog‘liq. O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini 
yaratishda yovvoyi shakllarning foydali belgilarini qidirish va unlarni 
aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy o‘simliklarning xilma­xil­
ligi va geografik tarqa lishini o‘rganish maqsadida rossiyalik mashhur 
genetik va seleksioner olim N.I. Vavilov 1920—1940­ yillarda Rossiya va 
chet ellarga bir qator ekspedi tsiya larni uyush tirgan. Bu ekspeditsiyalar da­
vomida dunyo o‘simlik resurslari o‘rganil gan va urug‘chilik uchun g‘oyat 
muhim kolleksiya to‘plangan. Bular keyin chalik seleksiya ishlarida, yangi 
navlarni yaratishda foydalanilgan. 
N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazariyasi uchun 
muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiqdi. Madaniy o‘simlik­
larning kelib chiqishini 7 markazga bo‘ladi. Bu markazlar butun dunyo 
bo‘ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazi (50% madaniy 
o‘simliklar, shu jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari 
vatani), Sharqiy Osiyo markazi (bu yerlardan 20% dan ortiq madaniy 
o‘simliklar tarqalgan, jumladan soya va tariq vatani hisoblanadi), Janubiy­
G‘arbiy Osiy markazi (14% madaniy o‘simliklar, shu jumladan bug‘doy, 
suli, dukkaklilar, zig‘ir, sabzi va boshqalar vatani), O‘rta Yer dengizi 
markazi (11% ma da niy o‘simliklarning, karam, qand lavlagi, beda vatani), 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin