A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

XIV bob
 
O‘simliklar, hayvonlar va
mikroorganizmlar seleksiyasi
60- §. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi 
markazlari va ularning xilma-xilligi 
VI
 
BO‘LIM
SELEKSIYA ASOSLARI
Osimliklar, hayvonlar va 
mikroorganizmlar seleksiyasi


142
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
Abissiniya (Efi
o piya) 
markazi (arpa, banan, kofe daraxti va boshqalar 
vatani), Markaziy Amerika (oshqovoq, loviya, makkajo‘xori, qalampir, 
g‘o‘za, kakao daraxti vatani), Janubiy Amerika markazi (kartoshka, ana­
nas, tamaki vatani) kiradi. Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha 
ko‘paytirilgan. N.I.Vavilov kollek siyasining tarixida qora kunlar ham 
bo‘lgan. 1940 yili soxta ayblar asosi da qamoqqa olinadi va 1943­ yili Saratov 
qamoqxonasida holsizlanib (ochlikdan) hayotdan ko‘z yumadi. N.I.Vavilov 
kolleksiyasi Sankt­Peterburg shahridagi o‘simlikshunoslik institutida 
saqlangan. Shahar fashistlar qur shovi da qolgan vaqtda institut xodimlari 
butun shahar aholisi bilan birga ochlikni boshidan kechirishlariga qaramay, 
kolleksiyada saqlanayotgan urug‘larning bittasiga ham xiyonat qilmadilar. 
N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o‘simliklariga tegishli juda katta qismi 
O‘zbekiston O‘simlikshunoslik institutida hozirgi kunda ham saqlanmoqda 
va unlardan yangi navlarni yara tishda foydalanilmoqda. 
Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 000 dan ortiq namunani o‘z 
ichi ga olib, 1041 o‘simlik turiga mansub. Bularga yovvoyi tur mada niy 
o‘simliklarning avlodlari, eski mahalliy navlar kiradi. Dunyo genofon­
didan olimlar xo‘jalik jihatdan qimmatli hisoblangan belgilarning genetik 
manbalarini tanlab oladilar. Bularga hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va 
zararkunandalarga, qurg‘oqchilik va boshqa ta’sirlarga chidamlilik belgilari­
ni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Zamonaviy genetika uslublari, o‘simliklar 
seleksiyasida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishishga imkoniyat yaratadi. 
Masalan, yovvoyi g‘o‘za qimmatli genlari asosida yaratilgan «Toshkent» nav­
lari o‘z vaqtida vilt kasalligiga chidamli eng yaxshi nav hisoblangan. 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin