A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
Quyidagi jadvalni to‘ldiring:
Siz yashab turgan joyda qanday shakllardagi lishayniklar o‘sadi?
Ularni tavsiflang va rasmini chizing.
Lishayniklardan atmosfera havosini ifloslanish darajasini aniqlashda 
qanday foydalaniladi?
Zamburug‘
o‘simlik
Hayvon
o‘xshashligi
Hujayrasining tuzilishi
oziqlanishi
Ko‘payishi
farqlari
o‘xshashligi
farqlari
7- §. Hayvonlar dunyosi
Hayvonlarning tuzilishi, hayoti, xilma-xilligi, individual va tarixiy 
rivojlanishi, Yer yuzida tarqalishi kabi qonuniyatlarini qiziqarli zoologiya 
fanidan o‘rganib olgansiz.
Hayvonlar va o‘simliklar umumiy kelib chiqishga ega bo‘lgan tirik orga- 
nizmlar hisoblanadi. Buning dalili sifatida ularning tuzilishi va hayot ke-
chirishlaridagi bir necha o‘xshashliklarni ko‘rsatish mumkin.
Hayvonlar o‘simlik va zamburug‘larga o‘xshash hujayraviy tuzilishga ega. 
Kimyoviy tarkibi va boshqa ko‘pgina xususiyatlarda (moddalar almashinuvi, 
irsiyat va o‘zgaruvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik) umumiylik mavjud. Shu bilan 
birga hayvonlarning o‘simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham 
ma’lum. Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko‘pchilik o‘simlik 
avtotrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir. 
Ba’zi hayvonlar faol harakatlanish xususiyati bilan ham ajralib turadi. 
o‘simliklar harakati esa odatda ko‘zga tashlanmaydi.


30
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi kabi sellulozali qobiq va vakuola-
larga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb 
bo‘lmaydi. o‘simlik va hayvonlar o‘rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdod-
lari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini 
o‘simliklar ha yotida ko‘rish mumkin. Gulli o‘simliklarning changlanishi 
yoki urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Hay-
vonlar har-xil ozuqa zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan 
oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat 
qiladi. Hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega. 
Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini 
shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va 
havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. o‘simlik qoldig‘i va hayvon ja-
sad larini parchalovchi orga nizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda 
yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — 
biofiltr
organizmlardir. 
Hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin egallay-
di. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy 
hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi genofondni saqlaydi. 
Ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zarar-
kunandalarni yo‘qotishda katta rol o‘ynaydi.
Biroq hayvonlarning ayrimlari zararlidir. Masalan, o‘simlik zararku-
nandalari qishloq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi: ular oziq-ovqat 
mah sulotlari zaxirasini yemiradi, jun, teri, yog‘ochdan tayyorlangan 
materiallarni ishdan chiqaradi. Ko‘pchilik hayvon turlari havfli kasalliklar 
(bezgak, qichima va boshqalar)ni qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi (chivinlar, 
burgalar va hokazo) sifatida ishtirok etadi.
Hayvonot dunyosi ikkiga ajratiladi:

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin