27 ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI I BO‘LIM Zamburug‘ mitselliysi.
Suv o‘tlari hujayralari
Yopishqoq lishaynik va uning tallomining ko ‘
ndalang kesimi. 17- rasm. lishayniklar. Lishayniklar tirik organizmlarning o‘ziga xos guruhi
bo‘lib, zamburug‘lar va suv o‘tlarning simbioz hayot kechirishidan yuzaga
kelgan o‘simliklardir (17- rasm).
Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning ta-
nasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan shun-
ingdek vegitativ yo‘l bilan ko‘payadigan avtotrof organizmlardir. Vegetativ
ko‘payish lishaynik tallomida hosil bo‘ladigan o‘simtalar va ularning qulay
sharoitga tu shib rivojlanishi bilan boradi. Lishayniklar tashqi ko‘rinishiga
ko‘ra uchta turga bo‘linadi (28- betdagi 18- rasm): 1. Yopishqoq; 2. Barg-
simon; 3. Butasimon. Lishayniklar barcha joylarda o‘sadigan o‘simliklar
bo‘lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Ular boshqa o‘simliklar yashay ol-
maydigan sharoitda ham uchraydi. Lishayniklar tosh va qoyalarda, cho‘l
va dasht larda, daraxt va buta po‘stloqlarida o‘sadi.
Lishayniklar tundra va o‘rmon tundrada keng tarqalgan. Ulardan
(Cladonia turkumi) shimol bug‘ulari uchun oziqa sifatida foydalaniladi.
Unim siz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o‘simliklar hamjamoasini
shakl la nishi ga imkon yaratadi. Lishayniklar
substratdan va atrof-muhit-
dan turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan, radioaktiv moddalarni
ham to‘p lash xususiya ti ga ega. Toza havoni talab etuvchi lishayniklardan
atmo sfera havosining ifloslanganlik darajasini aniqlashda indikator sifati-
da foydalanish mumkin.
Ba’zi bir lishayniklar to‘qimachilikda bo‘yoq sifatida, tibbiyotda va
atir-upa sanoatida ishlatiladi. Shuningdek, o‘rmonlarda, ayniqsa, qa-