36
HUJAYRA HAQIDAGI TA
’
LIMOT
II BO‘LIM
Barcha tirik organizmlar hujayraning tuzilishiga ko‘ra ikkita katta
guruhga bo‘linadi: yadrosiz organizmlar — prokariotlar va yadrolilar —
eukariotlar. Prokariotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko‘k-yashil suv
o‘tlari (siano bakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa zamburug‘lar, o‘simlik
va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar tuzilishiga
ko‘ra ikkita sohaga ajratilgan va tegishli ravishda ikki yirik guruh:
proka-
riot
va
eukariotlar
deb ataladi.
Prokariot organizmlar azaliy xususiyatlarni o‘zida saqlab kelmoqda.
Ya’ni ular juda sodda tuzilishga ega. Shu asosga ko‘ra ular alohida olamga
ajratilgan.
Eukariot hujayralarda qo‘shqavat qobiq bilan o‘ralgan yadro, murak kab
tuzilishga ega bo‘lgan «quvvat stansiya»lari — mitoxondriyalar; o‘simliklar-
da bulardan tashqari yana xloroplastlar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: