IV bob Hujayraning tuzilishi va funksiyasi 11- §. Prokariot hujayra Prokariot hujayralarning xarakterli vakili sifatida bakteriyalarni mi-
sol qilib ko‘rsatish mumkin. Ular hamma joyda: suv, tuproq va ozuqa
mahsulotlarida yashaydi. Bakteriya hujayralarining tuzilishi 20- rasmda
keltirilgan. Prokariot hujayralarda shakllangan yadro bo‘lmaydi. Ularning
DNKsi sitoplazmada joylashgan va membrana bilan o‘ralmagan.
Bakteriya hujayralarining kattaligi xilma-xil bo‘lib, 1 dan 10—15 mkm
gacha boradi. Bakteriyalarning tuzilishiga xos bo‘lgan asosiy xususiyat —
yadroning bo‘lmasligidir. Ularning irsiy axboroti bitta aylanma shakldagi
DNK molekulasida bo‘lib, u
sitoplazmada joylashgan . Bakteriya DNKlari
oqsillar bilan birga komplekslar hosil qilmaydi. Shuning uchun xromosoma
tarkibiga kiruvchi barcha genlar «ishlab turadi», ya’ni ulardan to‘xtovsiz
irsiy axborot olib turiladi. Bakteriya hujayrasi membrana bilan o‘ralgan
bo‘lib, u sitoplazmani hujayra devoridan ajratib turadi. Sitoplazmada
membranalar kam. Unda ribosomalar bo‘lib, oqsil sintezini amalga oshiradi.
Bakteriyalarning hayot faoliyati jarayonlari bilan bog‘liq fermentlar
sitoplazma bo‘ylab tarqalib ketgan yoki membranalarning ichki tomoniga
birik tirilgan bo‘ladi.
Ko‘pchilik mikroorganizmlarning hujayrasida zaxira moddalar — poli-
37 HUJAYRA HAQIDAGI TA ’
LIMOT II BO‘LIM Hujayra qobig‘i, Sitoplazmatik membrana, Xromosoma (DNKning halqa molekulasi), Sitoplazmatik membrananing botiqlik hosil qilishi, Vakuola, Mezosoma (tashqi membrana zaxirasi), Fotosintezni amalga oshiruvchi membranalar to‘plami, Ribosoma; Xivchinlar.