A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

34
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
mikroskop lar ning yaratilishi va molekular biologiya usullarining paydo 
bo‘lishi hujayra sirlarini yanada chuqurroq o‘rganishga, uning murakkab 
tuzilmalarini bilishga, ularda kechadigan turli-tuman biokimyoviy jarayon-
larni aniqlashga imkon yaratdi.
Bugungi kunda hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan 
iborat: 1. Barcha tirik organizmlar, ya’ni mikroorganizm, o‘simlik va 
hayvonlar tanasi hujayralardan tashkil topgan. 2. Yangi hujayralar faqat 
avval mavjud bo‘lgan hujayralarning bo‘linishi tufayli vujudga keladi. 3. 
organizmlarning hujayralardan tashkil topishi ularning kelib chiqishi bir 
xil ekanligidan darak beradi. 4. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish va 
funksional birligi hisoblanadi. 5. Har bir hujayra mustaqil ravishda hayot 
kechirish xususiyatiga ega. 
Hujayra nazariyasi biologiya fanining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘r sat di. 
Bu nazariya tufayli organizmlar bir xil morfologik asosga ega ekanligi isbot-
landi. Hayotiy hodisalarni umumbiologik nuqtayi nazardan tushuntirishga 
imkon yaratildi. Hujayra biologiyasini o‘rganishda mam la katimiz olimlar-
ining ham katta hissalari bor. Akademik K.Zuparov, J.Ha midov va ular 
shogirdlarining bu bora dagi ishlari diqqatga sazovordir.
Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishini o‘rganishda keng qo‘lla-
niladigan usullarga yorug‘lik va elektron mikroskoplar kiradi. 
Yorug‘lik mikroskopining asosiy qismlari obyektiv va okulardan ib-
orat. Mikroskopning eng muhim qismi obyektiv bo‘lib, kuzatilayotgan 
predmetni kattalashtirib beradi. okularlar ham linzalar tizimidan iborat 
bo‘lib, ular o‘rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda ishti-
rok etadi. Dastlabki mikroskoplar obyekt tasvirini 10—40 martagacha 
kattalashti rib bergan. odatda yorug‘lik mikroskoplari tasvirni 10—2000 
martagacha kattalashtiradi. Mikroskopning muhim tomoni, kattalash-
tirish emas, balki uning ko‘ rish kuchi yoki ko‘rish xususiyati hisobla-

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin