A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

42
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, sitoplazmada bir qator organoidlar mav-
jud va ular turli xil vazifalarni bajaradi.
Endoplazmatik to‘r murakkab membranalar tizimidan iborat bo‘lib, 
barcha eukariot hujayralarning sitoplazmasini qamrab olgan. Ular, 
ayniqsa, mod dalar almashinuvi jadal tarzda borayotgan hujayralarda 
rivojlangan bo‘ladi. Endoplazmatik to‘rning hajmi hujayra umumiy 
hajminining o‘rta cha 30 dan 50 % gacha qismini egallaydi. U ikki xil: 
silliq va donador bo‘ladi. 
Silliq endoplazmatik to‘rning asosiy vazifalaridan biri lipidlar va
uglevodlarni sintez qilishdir. Silliq endoplazmatik to‘r ayniqsa, yog‘ 
bezlari (yog‘lar sintezi)da, jigar hujayralari (glikogen sintezi)da zaxira 
moddalar to‘plana digan hujayra (o‘simlik urug‘)larida ko‘p bo‘ladi.
Donador endoplazmatik to‘rning muhim vazifasi oqsil sintezi 
va uni ta shish bo‘lib, buni ribosomalar bilan hamkorlikda amalga 
oshiradi. Ribosomalar endoplazmatik to‘rning zichlangan membrana 
qopchalarining ustki qismida dona-dona bo‘lib joylashgan. Donador deb 
atalishi ham shu tuzilma bilan bog‘liq. Shunday qilib, endoplazmatik 
to‘r hujayraning umumiy ichki aylanma tizi mi bo‘lib, uning kanallari orqali 
moddalar tashiladi. Kanallarning membranasida ko‘p sonli fermentlar 
joylashgan, ular hujayraning hayot faoliyatini ta’minlaydi.
ribosomalar diametri 15,0—35,0 nm bo‘lgan ikki ya’ni katta va ki-
chik bo‘lakchalardan iborat yassi tanachalardan tashkil topgan. Ribo-
somalarda taxminan teng miqdorda oqsil va nuklein kislotalar mavjud. 
13- §. Endoplazmatik to‘r, ribosoma, Golji majmuasi
lizosoma, mitoxondriya, hujayra markazi
1.
2.
3.
Hujayra kiritmalarining, hujayra organoidlaridan qanday farqlari bor.
Hujayraning membranali tuzilishini ta’riflang.
Yarim o‘tkazuvchanlik deb nimaga aytiladi.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin