45
HUJAYRA HAQIDAGI TA
’
LIMOT
II BO‘LIM
14- §. Yadro
Yadro — zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar hujayrasining muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi. Hujayra yadrosida DNK ya’ni, genlar bo‘lib, ular ikki
asosiy vazifani bajaradi: 1. Genetik axborotni saqlaydi va ko‘paytiradi. 2.
Hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonini idora qiladi.
Hujayra yadrosiz uzoq yashay olmaydi va yadro ham hujayrasiz mustaqil
yashash qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun sitoplazma bilan yadro o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan tizimni tashkil qiladi. odatda hujayralar bitta yadroga ega
bo‘ladi. Ba’zan 2—3 yadroga ega bo‘lgan hujayralar ham uchrab turadi. Ko‘p
yadroli hujayralar (ayrim hollarda o‘nlab yadrolar) borligi ham ma’lum.
Yadroning shakli ko‘pincha hujayra shakliga o‘xshab ketadi. Ayrim hollarda
noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lgan yadrolar ham uchraydi.
Yadro qo‘sh membranali qobiq bilan o‘ralgan. Tashqi, sitoplazma bilan
tutashgan yadro membranasida ribosomalar joylashgan. Ichki tomondan
yadro membranasi silliq bo‘ladi. Yadro qobig‘i hujayra membrana tizimi-
ning bir qismi hisoblanadi. Tashqi yadro membranasining o‘simtalari en-
doplazmatik to‘r kanallari bilan qo‘shilib, bir-biriga ulanib ketgan. Yadro
bilan sitoplazma o‘rtasidagi moddalar almashinuvi ikki xil yo‘l bilan amal-
ga oshiriladi. Birinchidan, yadro qobig‘ida juda ko‘p teshikchalar mavjud
bo‘lib, ular orqali yadro va sitoplazma o‘rtasida molekulalar almashinib
turadi. Ikkinchidan, moddalar almashinuvi yadrodan sitoplazmaga va ak-
sincha yadro qobig‘ining o‘simtalarini yoki botib kirgan qismni ajratish yo‘li
bilan ham amalga oshiriladi (46- betdagi 26- rasm).
Yadro bilan sitoplazma o‘rtasida faol modda almashinuvi bo‘lishiga qara-
masdan, yadro qobig‘i uning ichki qismini sitoplazmadan ajratib, ularning
kimyo viy tarkibidagi farqni saqlab turadi. Bu yadro tizimining me’yorida
ishlab turishi uchun zarurdir.
Hujayra yadrosi tarkibiga quyuq
yadro shirasi
, xromatin va bitta yoki bir
necha yadrocha kiradi. Tirik hujayradagi yadro shirasi, yadro tuzilishidagi
oraliqlarini to‘ldirib turuvchi gelsimon massadan iborat. Yadro shirasi
tarkibiga har xil oqsillar (shu jumladan fermentlar), erkin nukleotidlar,
aminokislotalar hamda yadro va xromatin hayot faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan yadrodan sitoplazmaga chiqadigan mahsulotlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: