48 HUJAYRA HAQIDAGI TA ’
LIMOT II BO‘LIM 1. 2. Eukariot hujayrasining tuzilishini ko‘rsating.
Yadroni tavsiflab, quyidagi jadvalni to‘ldiring:
Bir xil shakl, o‘lcham hamda iplarga ega bo‘lgan xromosomalar
go- mologik xromosomalar deb ataladi. Somatik hujayraning xromosoma
to‘plamidagi har bir xromosoma o‘z juftiga ega va
juft (yoki
diploid ) deb
ataladi. Diploid to‘plam 2n bilan belgilanadi. Jinsiy hujayralarga juft go-
mologik xromosomalardan faqat bittasi o‘tadi, shuning uchun gametaning
xromosoma to‘plami
toq (yoki gaploid) deyiladi.
Hujayraning bo‘linishi tamom bo‘lganidan so‘ng, xromosomalar des-
pirallashadi ya’ni, yoyiladi va yangidan hosil bo‘lgan yosh hujayralarning
yadrolarida yana xromatinning donachalari yoki yupqa to‘rlari ko‘rina
boshlaydi.
Hujayra yadrosiga xos bo‘lgan uchinchi xususiyat —
yadrochaning mav-
judligidir. U yadro shirasiga botib kirgan zich tanachadan iborat. Yadroch-
alar faqat bo‘linmaydigan hujayralarda bo‘ladi, ular mitoz paytida yo‘qolib
ketadi, bo‘linish tamom bo‘lgach yana paydo bo‘ladi.
Yadrocha yadroning mustaqil tuzilishi emas. U xromosomaning ribo-
soma RNK (r-RNK)ni hosil qilishga javob beruvchi qismining atrofida vu-
judga keladi. Uning tarkibida juda ko‘p sonli r-RNK molekulalari uchraydi.
Bundan tashqari yadrochada ribosomalar ham shakllanadi va keyinchalik
sitoplazmaga o‘tadi. Shunday qilib yadrocha — shakllanish darajasi har xil bo‘lgan riboso malar va r-RNKning to‘plamidan iborat. 1. 2. 3. 4. 5. 6. Yadrocha nima?
Xromatin nima? Xromosomaning tarkibi va tuzilishini yozing?
Somatik va jinsiy hujayralarda xromosomalar soni qanday bo‘ladi?
Gomologik xromosomalar deb nimaga aytiladi?
Kariotip deb nimaga aytiladi?
Bakteriya xromosomalarini eslang. Eukariot hujayra xromosomalaridan
qanday farqlanadi?
Asosiy qismlar
Tuzilishidagi o‘ziga
xoslik
Kimyoviy tarkibi Vazifalari
1.Yadro shirasi
2. Xromatin
3. Yadrocha